Anchelotti "Manchester Siti"ga qarshi to'qnashuv oldidan bir qator poziciyalardan xavotirda

Sherzod Nurmatov
10 feb 2025
Seshanba kuni "Real" Chempionlar Ligasi doirasida "Manchester Siti" mehmoni bo'ladi.

Karlo Anchelotti yaqinda Antonio Ryudiger va David Alabaning jarohatidan so'ng markaziy himoyachi borasida qiynalmoqda.

"Mundo Deportivo"ning yozishicha, murabbiy yana ikkita poziciya - himoya qanotlari bo'yicha ham xavotirda. Fran Garsiya va Lukas Vaskesning “Atletiko”ga qarshi derbidagi o'yinlari "Real" ustozini o'ylantirib qo'ydi. Bundan tashqari, Vaskes jarohat olib ham ulgurdi. 

Federiko Valverde "Manchester Siti"ga qarshi o'ng qanotda o'ynashi kutilmoqda (urugvaylik futbolchi mavsum davomida bir necha bor bu poziciyada harakat qildi). Ferlan Mendi esa chap qanotda harakatlanishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" – "Real" uchrashuvi 11 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Mundo Deportivo

Izohlar

Umid Uuuu
10 feb
Qaysar chol qishda transfer qmadi endi tazirini yemasa boldi
{ CHELSEA }
10 feb
Eng zaish himoya Ferlan Mendini qanoti boʻladi shunda...
Илхом Лолаев
10 feb
Кишда химоячи олиш керак эди. Шу кетиш булса, Ота болалар узлари химояда тушиб уйнаб беради)
Abdunazar.
10 feb
Eng kuchli hujum chiziqqi 1 real, 2 m.siti, 3 barsa,
Azamat Turgunov
10 feb
Valverde oʻng qanot ximoyani yopishi mumkinu lekin Valverdeni oʻzini joyini kim yopadi