"Barselona"ning "Osasuna" bilan o'yinni kechiktirish haqidagi apellyaciyasi bo'yicha qaror qabul qilindi. Uchrashuv qachon o'tkaziladi?

Sherzod Nurmatov
21 mar 2025
Ispaniya Qirollik futbol federaciyasi (RFEF) qo'mitasi "Barselona"ning "Osasuna" bilan 27 martga qoldirilgan o'yini bo'yicha murojaatini ko'rib chiqdi.

Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar va pamplonaliklar o'rtasidagi bahs 8 mart kuni bo'lib o'tishi kerak edi, biroq "Barselona" shifokori Karles Minyarroning to'satdan vafot etgani sababli bekor qilingandi. Shundan so'ng uchrashuv 27 martga belgilangan va kataloniyaliklar bu sanadan norozi bo'lib, appelyaciya bergandi.

RFEF qo'mitasi "ko'k-anorranglilar"ning iltimosini rad etdi va o'yin aynan 27 mart kuni bo'lib o'tadi.

Ushbu sanani inobatga olgan holda La Liga "Atletik" – "Osasuna" uchrashuvini 28 martdan 30 martga ko'chiradi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: ESPN

Izohlar

Антикоррупционер
21 mar
Барсанинг асосий футболчиларининг ҳаммаси термада-ку! Тебаснинг томи кетганми?
Temur Jumayev
21 mar
Hamma terma jamoada payti o'yin o'tqazishni talab qilish g'alatimasmi. Znachit temirdi issigida bosishmoqchi ma sanga deb
Asliddin-Nodirbek
21 mar
Bu sanada Barcelona himoyachilari terma jamoada boʻladi. Barcelona yutqazishi uchun atayin shu kunga qoʻyilgan
Djurayev Akbar
21 mar
Тушунарсиз. 27-да бўладими ёки 28 или 30дами?
Uzbekistan chempion
21 mar
27 da BARSA osasuna qoldirilgan o'yini buladi atletik osasuna 28 da bulishi kerak edi lekin 27 da BARSA osasuna o'ynashini inobatga olib atletik osasuna o'yin 2 kun keyinga yangi 30 martga ko'chirildi nimasida tushunmayapsiz