Eron. "Fulad" qo'shib berilgan daqiqadagi gol evaziga g'alaba qozondi. O'tkir Yusupov to'liq o'ynadi

Omonjon To`xtamirzayev
2 jan 2025
Eron chempionatining 15-turida O'tkir Yusupov harakat qiladigan "Fulad" jamoasi o'z uyida "Malavan"ni qabul qildi.

Qiziqarli kechgan bellashuv 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo'ldi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Abulhafizi Zadehattar 90+1-daqiqada g'alaba to'pini kiritdi. "Fulad"ning o'zbekistonlik darvozaboni O'tkir Yusupov o'yinda to'liq harakat qildi.

Eslatib o'tamiz, 15-turdan keyin 28 ochko jamg'argan "Fulad" 4-pog'onani band etib turibdi. 

Mezbonlar uchrashuvni quyidagicha tarkibda boshlashdi. 


"Fulad" - "Malavan" 2:1
Gol:
Muhammad Kozimiy 4; Abulhafizi Zadehattar 90+1` - Safarzoda 65`

Ogohlantirish: Amir Sarabadani 37


"Fulad": 1.O'tkir Yusupov, 3.Sasan Ansari, 6.A.Nemati, 9.Ehson Paxlavon (70.Abulhafizi Zadehattar 68`), 17.Amir Sarabadani, 23.Shahin Tavakkoli, 26.Muhammad Kozimiy (90.M.Askari 74`), 27.Ali Arabi, 33.Amirhussayn Najatsho, 79.Sina Asadbeigi, 92.Chimba Lusiano (11.M.Sulaymoni 74`)
Zaxira
: Mojtaba Najjarian, Mussa Kulibali, Muhammad Abbosiy, Muhammad Muhammadi.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Abdusalom Mirzayev
2 jan
Ўткиржон яқин бурчакни эҳтиёт қил.
RADIANT_1
2 jan
Muhimi shuki, Termaning Asosini tashkil qiladigan o'yinchilarimiz Mart oyigacha o'yin amaliyotiga ega bo'lib turishi. Masalan, Yusupov, Shomurodov, Fayzullayev, Urunov, Masharipov, Husanov, Aliqulov, Shukurov, Erkinov va Turg'unboyev lar ayni damda chempionatlarida to'p tepishmoqda va bu degani naq 10-11 o'yinchimiz Martda formada bo'lib turadi degani. Qolganlaridan ham 4-5ta formaga kirib olgani chiqib qolsa, Bemalol bahorda Qig'iziston va BAA ni yengishimiz va Eron bilan kamida durang o'ynashimiz mumkin degani. Shuning uchun ham ularning sport formasida bo'lib turishlari judayam muhim.