Eron terma jamoasining O'zbekistonga qarshi uchrashuv uchun qaydnomasi malum

Sherzod Nurmatov
15 mar 2025
Eron milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Amir G'alenoi 2026 yilgi JCH saralash bosqichi doirasida O'zbekiston va BAAga qarshi o'tkaziladigan o'yinlar uchun 21 nafar futbolchidan iborat tarkibni elon qildi.

Eron 20 mart kuni Tehrondagi "Ozodi" stadionida BAAni qabul qiladi va 5 kundan so'ng xuddi shu stadionida O'zbekiston bilan bellashadi.

Darvozabonlar - Payam Niyazmand, Muhammad Halife.

Himoyachilar - Milad Muhammadi, Omid Nurafkan, Ali Nemati, Daniyal Iri, Hussayn Kanoni, Amin Hazbavi, Arya Yusufi.

Yarim himoyachilar - Muhammad Mohebbi, Mehdi Gaedi, Saman Goddos, Said Izzatullohi, Muhammad Gorbani, Sayid Muhammad Karimi, Alirizo Jahonbahsh, Ali Golizoda.

Hujumchilar - Mehdi Taremi, Javad Hussaynejad,, Ali Alipur, Sardor Azmun.

Forslar 16 ochko bilan "A" guruhida peshqadamlik qilmoqda va O'zbekistondan 3 ochko oldinda boryapti. BAA esa 10 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi.

Eron – O'zbekiston qarama-qarshiligi 25 mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Avvalroq Eron terma jamoasi hujumchisi mavsum davomida og'riq qoldiruvchi vositalar bilan o'ynab kelayotgani haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: ffiri.ir

Izohlar

Berkamp
15 mar
Asosiy darvozaboni yoq ekanku Beyranvard deganlari
Javlon Samarqand
15 mar
Эронни ҳужум чизиги кучли
Nodirhon
15 mar
Негадир таркибидан унчалик куркмаяпман бу сафар
Umid Tursunov
15 mar
Asosiy darvozabon yoq ekanmi...
Neftchichempion
15 mar
Qirģizni yutib Eron bn kamida durang bòlsa Uzb deyarli jchga chiqishi aniq bòladi