30 daqiqa bir kishi kam bo'lib o'ynagan “Arsenal” London derbisida "Kristal Pelas"ni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
22 aug 2023
"Kristal Pelas" hamda "Arsenal" o'rtasidagi APLning 2-tur o'yini yakunlandi

"Kristal Pelas" - "Arsenal" 0:1

Gol: 54 - Edegor

"Kristal Pelas": Jonston, Uord (Rak-Saki, 83), Andersen, Gexi, Mitchell, Shlupp (Axamada, 74), Lerma, Eze, Dukure, Ayyu, Eduar.

"Arsenal": Remsdeyl, Uayt, Saliba, Tomiyasu, Edegor (Zinchenko, 89), Rays, Xavertc, Parti, Saka (Kiver, 89), Martinelli (Gabriel, 70), Nketia (Jorjino, 79).

Ogohlantirish: 27 - Jordan Ayyu, 60 - Takexiro Tomiyasu, 90+1 - Sheyk Dukure, 90+3 - Kay Xaverc

Chetlatish: 67 - Takexiro Tomiyasu


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90+6. Arsenal jarima maydonchasining ichidagi palapartishlardan so'ng Tayrik Mitchell zarba yo'lladi, biroq noaniq

90+1. Ogohlantirish: Sheyk Dukure ogohlantirildi

Hakam ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berdi

89. Aleksandr Zinchenko va Yakub Kivior maydonga tushdi, ular Edegor va Sakani alishtirdi

86. Kristal Pelasning bosimi ortib bormoqda. Hujumlar soni va sifati oshmoqda, biroq hozircha mezbonlar gol urishni eplay olishmadi

82. Arsenalning yaponiyalik futbolchisi chetlatilganidan so'ng mezbonlar hujum qilishga harakat qilishmoqda, hozircha shimolliklar yaxshi himoyalanmoqda

79. Jorjino maydonga tushdi, u Nketiani alishtirdi

70. O'zgarish: Martinellining o'rniga Magalyayns maydonga tushdi

67. Chetlatish: Takexiro Tomiyasu hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochkani oldi va chetlatildi

66. Xavertcning zarbasiga aniqlik etishmadi

62. Partining uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz burchakka chiqarib yubordi

60. Ogohlantirish: Takexiro Tomiyasu o'yin vaqtini cho'zgani uchun ogohlantirildi

55. Ayyuning kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

 

54. GOOOL. Edegor hisobni ochmoqda

53. Hakam VARni ko'rmoqda, penalti bekor bo'lishi mumkin. Chunki Parti hujumda qo'pollik ishlatgan bo'lishi mumkin edi, biroq hakam penalti begilashga qaror qildi

51. Nketiani jarima maydonchasining ichida yiqitishdi va hakam penalti belgiladi

46. Tayrik Mitchell qanotdan kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi, biroq bu uzatmaga hujumchi topilmadi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

42. Edegorning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan burchakka chiqarib yubordi

40. Sakaning zarbasi juda noaniq. Bugun mezbonlar juda yaxshi himoyalanishmoqda

36. Nketiada navbatdagu ajoyib imkoniyat, biroq mehmonlar vakiliga omad etishmadi

29. Nketia ajoyib tarzda kirib bordi va zarba yo'lladi, biroq mezbonlarning baxtiga to'p ustunga tegib, qaytmoqda

28. Partining boshi bilan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi

27. Ogohlantirish: Jordan Ayyu qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi

21. Kristal Pelas yaxshi harakat qilmoqda. Sheyk Dukurening zarbasiga aniqlik etishmadi

16. Eberechi Ezening zarbasini Remsdeyl ushlab oldi


14. Mehmonlar tezkor qarshi hujumga o'tishdi. Sakaning zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi

9. Jordan Ayyu jarima maydonchasiga kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi, Saliba o'z o'rnida

2. Arsenal ilk xavfli hujumni tashkil qildi, biroq mezbonlarning himoya chizig'i barcha zarbalarni qaytardi

Uchrashuv boshlandi


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Jurabek Umarov
22 aug 2023
Лекин Арсенал йондиряпти тактика вапше дахшат Сити 2.
Миллиар Дер
22 aug 2023
Койиле Сити билан Челсига йук матнли трансляция Арсенал уйнаганда пайдо буп колди))))
fff
22 aug 2023
Cristal yazshi o‘ynayapti ochko oladi arsenaldan
Umirqulov
22 aug 2023
Babayanda Igor sergeyev bo'lsa artetada nketia bor. Babayan sergeyev bn bir umr sovrin yutolmay utib ketganidek. Artetadaham nketia bor ekan Hali beri choynakni qopqog'iniyam yutolmaydi
11 АВ ГРУСТЬ.1979
22 aug 2023
88:12!!!Арсенал бу тактика бн мошпояга хам боролмайди.