Messidan avtograf olgan hakam jazolandi

Aslanov Jasurbek
22 feb 2025
Lionel Messidan avtograf olgan referini jazolashdi.

KONKAKAF Chempionlar Kubogi birinchi doira bahsida "Inter Mayami" "Kanzas Siti"ni 1:0 hisobida taslim qildi.

O'yindan so'ng uchrashuv bosh hakami Marko Antonio Ortis Nava Messidan imkoniyati cheklangan qarindoshi uchun avtograf so'ragan.

KONKAKAF meksikalik hakamga nisbatan intizomiy jazo qo'llagan.

"Hakamning xatti-harakatlari konfederaciyaning o'yin rasmiylariga nisbatan odob-axloq qoidalariga va bunday so'rovlar bo'yicha amaldagi tartiblarga to'g'ri kelmadi”, - deyiladi tashkilot bayonotida.

Hakamga qanday jazo berilgani aniq emas, ammo referi o'z harakatlari uchun barcha aybni bo'yniga olgani aytilmoqda.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: Reuters

Izohlar

насрилло
22 feb
Энди тушунарли хакам Жууд Беллингемга нега йук жойдан кизил бергани!!!
Jamshid Agzamov
22 feb
Тўғри. Қонунга хилоф. Лекин ногирон қариндоши учун дастхат олганиниям инобатга олиш керак эди.
Жахонгир Йулдошев
22 feb
Одамийлик йуколиб кетмокда, конунлар одамларга хизмат килмай куйди
VodiySoft
22 feb
To'g'ri, odamgrchilik yuzasidan KONKAKAF no'to'g'ri ish qilgan, ammo, hakam ham qonunga bo'y sinmagan ya'ni "ish joyida ishga aloqador bo'lmagan narsa bilan shug'ullangan". Lekin bu hakam nafaqat aftograf, balki, Messining futbolkasiga ham ega chiqibdi deb yozishmoqda. Odatda, futbolchilardan futbolchilar futbolka so'rashar edi, lekin, Messidan meksikalik hakam avtograf va futbolka so'rayapti, o'zi yaqindagina butun Meksika Messidan noliyotgan edi, bu haqida ochiqchasiga YouTubedagi futbol blogerlar Messi haqida bo'lar-bo'lmas gaplar tarqatishgan edi terma o'yinlaridan keyin.
TEMUR
22 feb
xozirgina Savoʻdya u20 Xitoy u20 ni magʻlub etdi saytdda xaliham bu xaqda maqola chiqmadi agar Kareyadan oʻtsak keyingi raqibimiz boʻladi J.Kareya guruxda qanday natijalar qayd etganiga qiziqib bu saytdan xech qanday malumot topmadim 2016-yildan beri shu saytga kiraman endi bowqa yaxshirogʻni topmasam boʻlmaydi