"Milan" Reshford borasida MYUga taklif jo'natdi

Tolibjon Qosimov
8 jan 2025
"Milan" klubi Markus Reshfordning transferi ustida ishlamoqda.

Janluka Di Marcioning malumotiga ko'ra, Italiya klubi 27 yoshli hujumchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. "Rossonerilar" "Manchester Yunayted"ga bu borada taklif jo'natib ulgurishgan.

Markusning atrofidagi vaziyatni "Borussiya D" ham kuzatib bormoqda.

Joriy mavsum Reshford APLda 15ta o'yin o'tkazdi va 4ta gol urib, 1ta assist berdi.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: gianlucadimarzio.com

Izohlar

Elyor_Sharipov
8 jan
Akademiya tarbiyalanuvchilaridan hich kim qomasikan pachti bu ketishda