"Milan" ustozi xatolar uchun Teoni asosiy tarkibdan chiqarib tashlamoqchi

Aslanov Jasurbek
14 dec 2024
Teo Ernandes "Jenoa"ga qarshi bahsda "Milan" zaxirasida qoladi.

Milan klubi bosh murabbiyi Paulo Fonseka A Seriyaning navbatdagi bahsida franciyalik futbolchini asosiy tarkibga kiritmasa kerak.

O'yinoldi mashg'ulotida chap qanot himoyachisi rolida 21 yoshli Filippo Terrachchano mashg'ulot o'tkazayotgan edi.

Fonseka Davide Bartezagi yoki Aleks Ximenesni ham maydonga tushirishi mumkin.

"Crvena Zvezda"ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvidan (2:1) so'ng Fonseka jamoa borini berib o'ynamaganidan norozi.

Teo Ernandes joriy mavsum A Seriyaning 12ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: Football Italia

Izohlar

Firdavs Hakimjanov
14 dec 2024
.
Firdavs Hakimjanov
14 dec 2024
Yaxshi boldi
Dostonbek Anvаrоv
14 dec 2024
Теони барсага олиш кере