Riberi murabbiylik licenziyasiga ega bo'ldi

Sherzod Nurmatov
13 sep 2024
"Bavariya" va Franciya terma jamoasi sobiq futbolchisi Frank Riberi UEFAning "A" toifali licenziyasi sohibiga aylandi.

Franciyalik futbolchi Italiyada tahsil oldi. Licenziya Frankka ayollar jamoasi yoki C Seriya darajasidagi istalgan erkaklar jamoasini boshqarish imkonini beradi.

Riberidan tashqari "Inter" sobiq darvozaboni Samir Xandanovich, Italiya terma jamoasi sobiq o'yinchilari Domeniko Krishito va Alessandro Diamanti ham licenziyali bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Riberi 2022 yilda faoliyatini yakunlagan. Yarim himoyachining so'nggi jamoasi Italiyaning "Salernitana" jamoasi bo'lgandi. Futbolchi "Bavariya"dagi o'yinlari orqali nom qozongan, u myunxenliklar bilan 9 marta Germaniya chempionligi va 1 marta Chempionlar Ligasi sovrinini qo'lga kiritgan. Shuningdek, Frank UEFA talqinida 2013 yilning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Football Italia

Izohlar

Man_Utd Norin
13 sep 2024
Qulluq bo'lsin.
Oliver Kan
13 sep 2024
Exxx Riberiy qanaqa zoʻr oʻyinchi ediya agar Messi va Ranaldu davriga toʻgʻri kelib qolmaganda aniq oltin top olardi
Oliver Kan
13 sep 2024
Riberiy va Robben qanotlarda yondirardiya Koman va Gnabriylarga hurmat saqlagan holda aytaman ularni darajasiga chiqa olishmadi