Xames Qatardan vataniga qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
26 mar 2022
Qatarning "Al Rayyan" klubi va Kolumbiya terma jamoasi vice-sardori Xames Rodriges faoliyatini o'z mamlakati chempionatida davom ettiradi.

Manbaga ko'ra, 30 yoshli hujumkor yarim himoyachiga "Atletiko Xunior" davogarlik qilmoqda.

Yarim himoyachi 2021 yilning yozida Qatar klubi bilan 3 yillik shartnoma tuzgan edi. Transfermarkt portali uni 15 million evroga baholayapti.

Rodriges faoliyati mobaynida "Banfild", "Portu", "Monako", "Real", "Bavariya" va "Everton" klublari sharafini himoya qilgan.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Calciomercato

Izohlar

Sherzod Abdullaev
26 mar 2022
Realda uvol bolding san
Ezoza Ergasheva
26 mar 2022
Зурку
A.Qosimov ACM
27 mar 2022
Fataniga shartnomasi tugab qaytsayam bo'ladi ungacha pul ishlagani foyda.Faoliyatiga bolta urib bo'lgan bo'lsa