A Seriya. 6 ta gol urilgan o'yinda Raboning dubli "Yuventus"ga g'alaba keltirdi

Sherzod Nurmatov
13 mar 2023
Italiya chempionati 26-turi doirasidagi uchrashuv yakunlandi.

26-daqiqagacha Bremer va Adrien Rabo gol urishdi. Tanaffusgacha mehmonlar Tommazo Aujello va Filip Jurichichning gollari evaziga muvozanatni tiklashdi.

64-daqiqaga kelib Rabo dublni rasmiylashtirdi. 94-daqiqada esa Matias Soule yakuniy to'pga mualliflik qildi. 

Shu tariqa, "Yuve" 38 ochko jamg'arib, 7-o'rinda boryapti. "Sampdoriya" esa 12 ochko bilan 20-o'rinda qolmoqda.

A Seriya 

26-tur

Yuventus – Sampdoriya 4:2

Alyanc Stedium

Gollar: 1:0 – 11 Bremer, 2:0 – 26 Rabo, 2:1 – 31 Audjello, 2:2 – 32 Djurichich, 3:2 – 64 Rabo, 4:2 – 90 Soule.

Yuventus – Perin, De Shilo (Gatti, 87), Bonuchchi (Kuadrado, 46), Danilo, Bremer (Rugani, 84), Kostich, Rabo, Fajoli, Miretti (Soule, 73), Barrenechea (Lokatelli, 46), Vlaxovich.

Sampdoriya – Turk, Zanoli, Nyuytink (Paoletti, 76), Gyunter, Amione, Aujello (Murru, 73), Rinkon (Malagrida, 82), Jurichich (Xese, 73), Uinks, Leris, Gabbyadini.

Ogohlantirishlar: Rinkon (39), Fajoli (58).


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Kambaraliev
13 mar 2023
Faqat galaba.✊✊✊
Burhonbek Abdumo'minov
13 mar 2023
Ajoyib gʻalaba muborak boʻlsin fanatdoshlar. Yaqinda ochkolarimiz qaytarib berish imkoniyati yuqori ekan shunda yanada zoʻr imkoniyatga ega boʻlamiz. Omad Yuventusga!!!
Ђ‎ ε ‎ใร LIVERPOOL.FCB
13 mar 2023
Nechi ochko olingandi Yuvedan