A Seriya. Lautaroning goli "Inter"ga "Jenoa" ustidan g'alabani taqdim etdi, milanliklar vaqtincha birinchi o'ringa ko'tarilishdi

I.J.I
23 feb 2025
Italiya A Seriyasi 26-tur doirasidagi "Inter" - "Jenoa" o'yini bo'lib o'tdi.

Milanliklar 78-daqiqada Lautaro Martinesning goli evaziga 3 ochkoga ega chiqishdi. Jamoa "Napoli"dan bir ochko o'zib ketgan holda, jadvalda etakchilik qilmoqda. Ammo, neapolliklar ushbu turdagi o'yinlarini 23 fevralda o'tkazishadi.






I.J.IMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar