A Seriya. "Roma" yirik hisobda g'alabaga erishdi, Shomurodovdan gol+pas

Aslanov Jasurbek
25 feb 2025
"Roma" hamda "Monca" o'rtasida A Seriyaning 26-tur uchrashuvi o'tkazildi.

"Roma" - "Monca" 4:0

Gollar: Salemakers 10 (Shomurodov), Shomurodov 32 (Soule), Anxelino 73 (Kristante), Kristante 88 (Dibala).

"Roma": Svilar, Ndika, Xummels, Manchini, Soule, Baldanci (Dibala, 62), Anxelino (Salax-Eddin, 80), Pizilli, Kristante, Salemakers (Rensx, 70), Shomurodov (Paredes, 70), De Marci, Gollini, Rensx, Abdelxamid, Chelik, Nelsson, Salax-Eddin, Pellegrini, Paredes, Kone, Gurna-Duat, Dibala, El-Shaaravi

Monca: Turati, Karboni (Palasios, 76), Brorsson, Lekovich, Mota (Keyta Balde, 68), Churria (Dzeroli, 56), Kiryakopulos, Urbanski (Martins, 56), Byanko, Pedru Pereyra, Ganvula (Petanya, 46), Piccinyakko, Macca, Palasios, Postilone, Dzeroli, Kolombo, Keyta Balde, Petanya, Martins, Vinyato



Bahs yakuniga etdi!

88. Uchrashuv yakunlanishiga biroz vaqt qolganida Kristante ham nomini tabloga yozdirib qo'ydi. 4:0.

73. GOOOL! Anxelino hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.

70. O'zgarish: Shomurodov maydonni tark etdi. Uning o'rniga argentinalik Leandro Paredes maydonga tushdi.

Tanaffus

32. SHOMURODOOOV!  Eldor qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi! 2:0, Shomurodovda gol+pas

10. GOOOL! Salemakers Messi uslubida to'pni chap oyog'i bilan darvozaning uzoq burchagiga joylab qo'ydi. 1:0. To'pni u Shomurodovdan qabul qilgan edi, Eldorga +1 assist.

6. Shomurodov o'ziga kelayotgan to'pni jamoadoshi uchun o'tkazib yubordi, ammo Pisilli yaqin masofadan to'pni darvozaga to'g'irlay olmadi.

1. Uchrashuv boshlandi.




Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Fc Milan20
25 feb
Ko'nglim sezyapti, Eldor bugun gol uradi
Tulkin Alimov
25 feb
Бугун гол кўрайлик Шома, фақат жамоа учун ўйнайвермай озгина эгоист ҳам бўл.
Ibratbek Khajiev
25 feb
Bugun katta ehtimol bilan Eldor autsayder klubga gol uradi
BOBIRBEK_URINOV
25 feb
Омад Элдор Худо хохласа голлар булади. Мухими узига булган ишонч давомий булсин. Ромадек жамоада уйнашни узи бир бахт...
Баходиржон 1912
25 feb
Қайтам курамис жаноблар
Aziz Abdullayev
25 feb
Bugun dubl qiladi yoki xet trik yurak sezyapti
Абдугаффор . N
25 feb
Элдордан дубл кутамиз !
Neftchichempion
25 feb
Jch saralashiga yaxshi formada kelyabdi Shomurodov...Xusanov buyogda gigantlarga non bermayapti...Eronni uyida yutsak bòladi
Sahoyat Reise
25 feb
Оҳҳҳооо, рақиб жамоа мураббийи Алессандро Неста экан. Вақтида Малдини иккаласи италия ҳимоясини бетон қилишган эди
Futbol Uchun
25 feb
Нестани мураббий сифатида кўриш бошқача барибир,қандай зўр афсона.
Ko'proq ko'rsatish