A Seriya top-klubi Kazemiroga davogar

Sherzod Nurmatov
28 jan 2025
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

"Roma" braziliyalik futbolchini sotib olishga qiziqmoqda. Taniqli insayder Janluka Di Marcioning so'zlariga ko'ra, Rim klubi 32 yoshli futbolchini "Boka Xuniors"ga o'tishga yaqin turgan Leandro Paredesga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Kazemiro joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida 22 o'yinda maydonga tushib, 3 bor gol urgan. "Real" sobiq yarim himoyachisining Transfermarkt'dagi narxi – 12 mln evro. Futbolchining "qizil iblislar" bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan, biroq kelishuvni 1 yilga uzaytirish imkoniyatini ko'zda tutadi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: x.com/FabrizioRomano

Izohlar

Dostonbek Anvаrоv
28 jan
Давно сотвориш кере бепулга