Abbosbek Fayzullaev RPL o'tgan mavsumining eng yaxshi futbolchilari qatoriga kiritildi

Omonjon To`xtamirzayev
19 sep 2024
Rossiya futbol ittifoqi ijroqo'm byurosi 2023/24-yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, chempionatning eng yaxshi futbolchilari ro'yxatini tasdiqladi.

RFI mavsum yakunlariga ko'ra, 33 nafar eng yaxshi futbolchi nomini elon qildi. Quvonarlisi, ro'yxatdan Moskvaning CSKA klubi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev ham o'rin egalladi.     


Darvozabonlar: Matvey Safonov ("Krasnodar"), Ilya Lantratov ("Lokomotiv", Moskva), Evgeniy Latyshonok ("Baltika", Kaliningrad).

O'ng qanot himoyachisi: Sergey Volkov ("Krasnodar"), Vyacheslav Karavaev ("Zenit", Sankt-Peterburg), Aleksandr Silyanov ("Lokomotiv", Moskva).

O'ng markaziy himoyachi: Villian (CSKA, Moskva), Straxinya Erakovich ("Zenit", Sankt-Peterburg), Aleksandr Soldatenkov ("Krilya Sovetov", Samara).

Chap markaziy himoyachi: Xunior Alonso ("Krasnodar"), Moyzes Barbosa (CSKA, Moskva), Maksim Osipenko ("Rostov", Rostov-na-Donu).

Chap qanot himoyachisi: Duglas Santos ("Zenit", Sankt-Peterburg), Yuriy Gorshkov ("Krilya Sovetov", Samara), Daniil Xlusevich ("Spartak", Moskva).

O'ng qanot yarim himoyachisi: Maksim Glushenkov ("Lokomotiv", Moskva), Benxamin Garre ("Krilya Sovetov", Samara), Ivan Oblyakov (CSKA, Moskva).

O'ng markaziy yarim himoyachi: Vilmar Barrios ("Zenit", Sankt-Peterburg), Klaudino ("Zenit", Sankt-Peterburg), Daniil Glebov ("Rostov", Rostov-na-Donu).

Chap markaziy yarim himoyachi: Vendel ("Zenit", Sankt-Peterburg), Eduard Spercyan ("Krasnodar"), Diego Laksalt ("Dinamo", Moskva).

Chap qanot yarim himoyachisi: Muhammad Moxebi ("Rostov", Rostov-na-Donu), Abbosbek Fayzullaev (CSKA, Moskva), Andrey Mostovoy ("Zenit", Sankt-Peterburg).

Hujumchilar: Mateo Kasserra ("Zenit", Sankt-Peterburg), Konstantin Tyukavin ("Dinamo", Moskva), Jon Kordoba ("Krasnodar"), Mirlind Daku ("Rubin", Qozon), Fyodor Chalov (CSKA, Moskva), Ivan Sergeev ("Zenit", Sankt-Peterburg).


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Qopqoq: rfs.ru

Izohlar

Барса1970
19 sep 2024
Ундан олдинги йил нима бўлган шуни ёзмапсизлар буни билар эдик
Акрамжон Халилов
19 sep 2024
Аббосбек бу мавсумда ҳам ўтган йилгидан яхшироқ ўзини кўрсатса ёзда катта эҳтимол билан Испания клублари бирига ўтиши мумкин, буёғи ўзини қўлида.
Пахтакорим
19 sep 2024
Лучший игрок матча - Аббос Файзуллаев. Очень хороший матч провёл узбекский футболист. Аббос постоянно участвовал в атакующих действиях ЦСКА и принял активное участие в обоих голах столичного клуба. Файзуллаев записал себе в актив результативные передачи на Гайича и Кисляка.