Abduqodir Husanov Xavi Simons, Florian Virc, Jud Bellingem, Lamin Yamal qatorida etirof etildi

Sherzod Nurmatov
4 oct 2024
"SofaScore" sentyabr oyi yakunlariga ko'ra U-21 ramziy jamoasini taqdim etdi.

Unda Evropa etiborini o'ziga qaratib kelayotgan O'zbekiston terma jamoasi va "Lans" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov ham o'rin oldi. 

20 yoshli Husanov "Lans" himoyasida Kevin Danso o'rnida harakat qilmoqda va o'zini munosib ravishda namoyish etmoqda. Shunday qilib, himoyachi bir qator 21 yoshgacha bo'lgan nomdor futbolchilar qatoridan joy egalladi.

U-21 ramziy jamoasi 

Darvozabon: Kauan Santos ("Ayntraxt")

Himoyachilar: Saba Goglichidze ("Empoli"), Abduqodir Husanov ("Lans"), Levi Koluill ("Chelsi")

Yarim himoyachilar: Karlos Baleba ("Brayton"), Jud Bellingem ("Real"), Lamin Yamal ("Barselona"), Niko Pas ("Komo"), Florian Virc ("Bayer"), Xavi Simons ("Leypcig")

Hujumchi: Anj-Yoan Bonni ("Parma")



Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: SofaScore

Izohlar

Rashid Boltaev
6 oct 2024
Гап йук
Shahrullloh Shamshidinov
4 oct 2024
Газини бос
Хамза88
4 oct 2024
Кузларимга ёш келди! Аллах омадингди бераверсин укам!!!!
Shaxruz Mamirov
4 oct 2024
Ажойиб хаммаси олдинда хусанжон укамсан укам ????
Баходиржон 1912
4 oct 2024
Омад укам
Behzod Holdorov
4 oct 2024
Mana qanday o‘sish kerak!
Real siti
4 oct 2024
Uka uz ustikda ishlashdan tuxtama agar komentni o‘qib qolsen !!!
LiverpulBavariya
5 oct 2024
Omad
TOSHQONDIY
4 oct 2024
ABDUQODIR UJI PSG NISHONIDA !