"Al Nassr" etakchisi yangi klubi bilan 1 yillik shartnoma bo'yicha kelishib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
27 jan 2025
"Al Nassr"ning hujumkor futbolchilaridan biri Taliska faoliyatini Joze Mourino boshqarayotgan "Fenerbaxche" safida davom ettiradi.

Insayder Fabricio Romanoning yozishicha, klublar 30 yoshli futbolchi transferi bo'yicha barcha zarur hujjatlarni imzolab bo'lishgan. 

Anderson Taliskaning yangi jamoasi bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. Bugun futbolchi tibbiy tekshiruvdan o'tishi va transfer rasman elon qilinishi kutilmoqda.  

Joriy mavsum Taliska 15 o'yinda 8 ta gol urdi. 


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: Фабрицио Романо

Izohlar

Liberty6668
27 jan
Ал Наср кадрига етмаган зур хужумчи....