Ana xolos! Messi "Barsa"ga qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
16 jan 2022
Leoning rafiqasi uni bunga ko'ndirmoqchi.

"Pari Sen-Jermen"ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi yana "Barselona" futbolchisiga aylanishi mumkin, deya xabar berdi The Mirror.

Manbaga ko'ra, hujumchining ayoli Parijda baxtli emas. Aytishlaricha, Antonella Rokucco turmush o'rtog'idan "Barsa"ga qaytishni so'ramoqda. 

Shuningdek, Messining farzandlari Parij klubiga moslasha olmayotgani, uning oilasiga Parij iqlimi yoqmayotgani aytilmoqda. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi va himoyachi Daniel Alves futbolchini "Barselona"ga qaytishga undayapti.

Biroq futbolchining otasi va agenti Xorxe Messi o'g'lini “Barselona”ga qaytarish niyatida emas.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: The Mirror

Izohlar

шухратбек88
16 jan 2022
Месси Барсага қайтса яхши бўларди. Чунки Хави хам у ерда.
Beckham number 1
16 jan 2022
Messi katakda qichqiradigan xo'roz ekanligini shu mavsum isbotlandi kar-kar qilayotganlar Psjda kurdik xech narsa qulidan kelmadi yana futbol tarixidagi eng zo'r deysizlar zo'r uyinchi qayerda bo'lsayam zo'r bo'lishi kk
Navroʻz664
16 jan 2022
eee labim qonab ketdi)) deyapti
Faxriddin
16 jan 2022
Лапорта хохламаса керак Уни қайтишини
Classic futbol
16 jan 2022
Barsadan ketayotganiga uzi ham ishonmagandi. Judayam xarob xolatda ketdi barsadan