Analitika – o'zbek futbolidagi rivojlanish kaliti. Faqatgina shunday qilib "yangi Husanovlar"ni olamiz

Alisher
26 jul 2023
Zamonaviy texnologiyalarning qanchalik muhimligi haqidagi voqea.

Yaqinda Superliga klublaridagi selekciya qanday yo'lga qo'yilgani va skautingning zamonaviy futboldagi muhimligi haqida malumot bergandik. Bugun mavzuni davom ettiramiz va analitik platformalar haqida gaplashamiz.



Superliga klublarining qanday qilib bepul analitikani rad etishgani haqida voqea

O'zbekiston chempionatining analitik platformalar bilan munosabatlari oddiy emas. O'zPFL 2020 yilda Superliga klublari uchun InStat kompaniyasidan xizmatlar paketini xarid qildi. Bizdagi malumotlarga ko'ra, bu liga uchun nisbatan arzonga tushgan. Shunday qilib, jamoalar umuman turli maqsadlarda foydalanish mumkin bo'lgan bepul analitikani olishdi. Ulardan masalan o'z o'yinini, raqib o'yinini, tarkibni tahlil qilish, ehtimoliy yangi o'yinchilarni izlash va baholash va hokazolarda foydalanish mumkin.

Endi savol bunday: nima deb o'ylaysiz, Superliga klublaridan nechtasi yil davomida InStat'dan foydalanishgan? To'g'ri javob – 14tadan 4tasi. O'zPFL yakunda analitika malumotlariga past talab sabab kelishuvni ikkinchi yilda uzaytirmaslikka qaror qilgan. O'shandan beri O'zbekiston chempionati InStat va boshqa analitik platformalarda (masalan, WyScout) deyarli mavjud bo'lmagan. Statistika to'liq bo'lmagan ko'lamda taqdim etilgan, yozuvlardagi o'yinlar soni umumiy sondan 50-60%dan oshmagan.


"O'yinchilaringizni qanday qilib ko'rishimiz kerak?"

Bu erda nima bo'libdi deyishingiz mumkin. Xo'sh, analitika. Oldin u siz ham qandaydir qilib yashashgan va o'ynashgan. Ammo, sizlarga mahalliy futbol bilan aloqada bo'lgan insonlardan birining menga aytib bergan voqeasini gapirib bermoqchiman.

Evropalik inson bilan suhbatda o'yinchilarni analitik platformalarda ko'rish mavzusi ko'tarilgan. "O'yinchilaringizni qanday qilib ko'rishimiz kerak?" – deb so'ragan evropalik suhbatdoshimdan.

Terma jamoalarimiz o'smirlar va yoshlar turnirlarida ancha muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Albatta, umumiy fonda o'tgan yili Osiyo Kubogi U-23'da olimpiya termasining kumushi va O'zbekiston U-20 terma jamoasining yoshlar o'rtasidagi Osiyo Kubogidagi g'olibligi ajralib turadi. Shubhasiz, bularning barchasi xorij klublaridan o'yinchilarimizga bo'lgan qiziqishni uyg'otadi. Ammo, ularni uzoq muddatli istiqbol uchun ko'rish deyarli imkonsiz. Terma jamoalar katta turnirlarda 3tadan 6tagacha o'yin o'tkazadi. Bu esa o'yinchining istiqbolini baholash uchun juda kam. Yosh futbolchini sifatli tahlil qilish uchun 10ta atrofida o'yin talab etiladi. Faqatgina shu orqali uning hozirgi darajasi va bir necha oylar davomidagi o'sishini kuzatish mumkin.



Abduqodir Husanov va uning "Lans"ga o'tishida biroz bo'lsa ham omadning hissasi bor, sababi francuz klubi skautlari O'zbekiston va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi yoshlar jahon chempionati o'yinida bo'lishgan. Argentinaliklar avvaliga turnirga yo'llanma ola bilishmagan va faqatgina Indoneziyaning boykot uyushtirishi orqaligina ishtirok etishdi. Albatta, Husanov haqida Evropaning ayrim klublari bilishar edi (xususan, Turkiyadan), ammo u uchun aynan Argentinaga qarshi yoshlar jahon chempionatidagi o'yin o'ziga xos "tashrif kartochkasi" bo'ldi. Shundan so'ng skautlar Abduqodirning "Energetik-BGU"dagi o'yinlarini ko'radigan bo'lishgan, sababi Belarus chempionati analitik platformalarda yoritiladi.

Ammo, evropalik skaut qanday qilib Fayzullaev, Asqarov, Mahamadjonov, Esanov va boshqa U-20 termasidagi yigitlarni kuzatishi mumkin? Hech qanday.

O'zbekiston o'zini o'zi futboldagi rivojlanishdan va yakunda Evropadagi yangi legionerlardan ayirmoqda. Sababi, hech kim yosh o'yinchini sifatli baholash uchun skautini O'zbekistonga bir necha oyga yubormaydi.



Ertami-kechi o'zbek futboli evolyuciya qilishga, yanada zamonaviy va texnologik bo'lishiga to'g'ri keladi. Savol faqatgina buning qachon ro'y berishida, sababi hozirgi futbolchilar avlodi O'zbekiston tarixidagi eng iqtidorlilaridan biri hisoblanadi. Yildan-yilga ularda kuchliroq chempionatga ketish uchun imkoniyat pasayib boradi.


Nikolay Egorichev tayyorladi

Alisher Ostonov tarjimasi


AlisherMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

bekhzodsaidov
27 jul 2023
Analitikayu boshqa hammasi ikkinchi darajali narsalar. Eng asosiysi korrupsiya va tanish bilishchilikni minimum darajada kamaytirish kk. Qolgani sekin asta iziga tushaveradi
Umarov Hasan Karim o'g'li
26 jul 2023
Biznikilar hokimliklar tomonidan ajratiladigan mablag'larga kunini o'tkazib, oylik olib yurishni o'ylaydigan boqimanda klublar hammasi. Futbolni biznes deb bilmaydi hali, shunchaki hayotining davom etishiga sabab bo'luvchi maosh manbai! Mana bir Eldor Shomurodov orqasidan Bunyodkor va Mash'alga millionlab yevro foyda kelib turibdi, shularni ko'rib ham ko'zi ochilmayaptimi klublarimizni? Sal mehnat qilsa, bo'ynining davomini sal ishlatsa bizda ham iqtidorlar ko'p. Yevropada 23 yoshli o'yinchi yosh iqtidor sanalmaydi baraka topgurlar, sizlarni deb qancha iqtidorlarni umri hazon bo'lyapti!
Хакикатгуй
26 jul 2023
Давлат канака булса уни ичидаги одамлари хам шунака мана свет кунига учвоти бу нима ривожланишми бу иш 90-йилларда хам булган. Бу аналитик хам бизга керак эмас 90-йиллар хаети бизга екади.
Soccerland777
26 jul 2023
ЯНГИ Хусановлар кашф қилиниши учун Энергетик БГУ Ўзбекистон чемпионатига таклиф қилиниши керак. Лекин буям узоғи 3 йил чидаб беради. Ундан уёғи коррупция ботқоғи...
Jons
26 jul 2023
Litsenziya olish uchun o'sha aytilgan dasturdan foydalanish majburiy qilib qo'yilsin Pfl tomonidan, to'g'ri fikr lekin, imkoniyat bo'sayu bula foydalanmasa, uni ortidan keladigan foydani his qilmaydida bular, chunki shundog' ham foydalari bor noqonuniy yo'lla bilan, shunaqa qonuniy yo'llari ula uchun bosh og'rig'i bo'lib tuyuladida. Hudo hohlada asta sekinlik bilan yo'lga qo'yilsa kerak.