"Andijon"ning eng yaxshi futbolchisiga hadya qilinadigan "Ford Mustang" Andijonda!

Sherzod Nurmatov
9 jun 2021
Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

"Jamoamiz futbolchilarining yuqori natijalari uchun vada qilingan "Ford Mustang" avtomashinasi Andijonga etib keldi. 

Ammo bu mavsum yoshlardan tashkil topgan jamoamizning natijalari rejadagidek bo'lmaganligi sababli avtoulov futbolchilarga nasib etmaydigan bo'ldi.

Endilikda jamoamiz natijalari yaxshilanishi uchun katta hissa qo'shadigan va etakchilikni qo'lga oladigan hamda eng yaxshi futbolchi deb etirof etiladigan birgina futbolchi ushbu super avtomashina sohibiga aylanishi mumkin.

Jamoamizning bu mavsum Superligada qolishi uchun xam rahbariyat tomonidan katta mukofot vada qilingan", – deya xabar qildi "Andijon" klubi matbuot xizmati.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: "Андижон" клуби матбуот хизмати

Izohlar

Зохирбек
9 jun 2021
Шоядбек мураббийлар борасида нега уйлаб курмаяпсиз? Кизик!
BakhtiyaroFF
9 jun 2021
Мавсум бошида юкори оринлар учун катта совга ва мукофотлар ваъда килинади мавсум яримига бормасдан Суперлигада колиши учун катта мукофот ва совгалар...Ха майли...
chechen
9 jun 2021
Endi andijon jamoaviy futbol oynamasa kere har kim aravani oz tomoniga tortadi . Yana bilmadim
Dilshod Tukhtaev
9 jun 2021
Fudbol jamoviy oyn kamandada san manga borb qolshla boladi boganga yarasha butun kamandaga bogani yaxshi.
HAVASKOR JURNALIST
9 jun 2021
Bu mashinaga yarasha yo'llarimiz bormikan?!