Angliya Kubogi. Husanov va De Bryuynening gollari "Siti"ni keyingi bosqichga olib chiqdi

Aslanov Jasurbek
8 feb 2025
"Leyton Orient" hamda "Manchester Siti" o'rtasida Angliya Kubogining 4 raund uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Leyton Orient – Manchester Siti 1:2 

"Brisben Roud"

Gollar: 1:0 – 16, avtogol Ortega, 1:1 – 56 Husanov, 1:2 – 79 de Bryuyne.

Leyton Orient – Kili, Karri, Xepp, Simpson, Jeyms, Braun (Boll, 85), Gelbreyt (Obiero, 86), Djayesimi (Pretli, 54), Donli (Adjey, 85), Perkins (Kuper, 65), Kelman.

Manchester Siti – Ortega, Ruben Diash (Stounz, 46), Reys (Husanov, 46), O`Rayli (de Bryuyne, 72), Lyuis, Gyundogan, Niko Gonsales (Bernardu Silva, 22), Grilish, Makati (Foden, 72), Savio, Marmush.

Ogohlantirishlar: Makati (42), Kuper (77), Obiero (88).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+3. Marmush qizg'anchiqlik qilmaganida "Siti" uchinchi golni urardi.

90+1. Ikkinchi qavatdagi kurashlarda Husanov ancha faol ishtirok etmoqda.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

88. Qarshi hujumga qochayotgan Marmush yiqitildi. Sariq kartochka.

87. Husanov raqibning zarbasini qaytarib qoldi, ikkinchi to'lqindagi zarba esa biroz noaniq chiqdi.

79. Ustasi baribir ustada! Kevin De Bryuyne hisobni o'z jamoasi tomonga og'dira oldi. Grilishning ajoyib uzatmasidan so'ng Kevin to'pga bir amallab etdi va butsasining uchi bilan to'pni darvozaga to'g'irlab qo'ydi.

72. Kevin De Bryuyne va Fil Foden maydonga tushishdi. "Leyton"ga qiyin bo'ladi.

64. Abduqodir urmasa, qolganlar eplolmayapti. Hujumlar ko'p, ammo omad etishmayapti.

62. Marmush "Siti"ni hisobda oldinga olib chiqishi mumkin edi, biroq to'p ustunga tegib, maydonni tark etdi.

56. Keyingi vaziyatdayoq hisob tenglashdi. Lyuisning zarbasidan so'ng to'p Abduqodirga tegib darvozaga kirib ketdi. GOL HUSANOVGA YOZILDI.

56. MARMUSH! Omar raqib darvozaboni bilan birga-bir chiqib darvozani ishg'ol qila olmadi.

52. Grilish boshlagan hujumni Lyuis zarba bilan yakunladi, ammo noaniq zarba bilan...

46. Abduqodir Husanov Viktor Reys o'rniga maydonga tushdi


16' "Leyton" futbolchisi markazda to'pni olib qo'ydi va uzoq masofadan darvoza tomon zarba berdi. To'p ustunga tegib, qaytayotganda Ortegaga tegdi va hisob ochildi.


Abduqodir Husanov zaxirada.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Manchester City Championes
8 feb
Таркибда анча узгаришлар бор. Манимча Пеп хар хел услубларни урганиб янги уйинчиларни синаб курмокчи тем боле ракиб кучли мас Хусановга келсак хали хаммаси олдинда синовдан утди энди навбат янгиларда. Хаммасини кучини уйинини куриб кегин асосийда ташлайди.
Dostonbek Anvаrоv
8 feb
Хусанов учинчи составга утибдида
Рахматилло Исманов
8 feb
Бордию Реалга карши хам захирада колса хечкандай бахона кидирмаймиз. Бу танкид эмас...
Futbol Uchun
8 feb
Захирадан туширса керак,барибир ўйин амалиёти керак реалга қарши тушса ҳам.
Собир Кобилов
8 feb
Акалар расия каналаридан курса буладими