Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi

Sherzod Nurmatov
30 nov 2023
Futbolchi butsalarini mixga ildi.

Himoyachi Fil Yagelka faoliyatiga yakun yasaganini elon qildi.

"Barcha yaxshi narsalar o'z nihoyasiga etishi kerak va 800 tadan sal ko'proq o'yindan so'ng mening futbolchilik faoliyatim tugadi", – deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.

Yagelka  "Sheffild Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati mobaynida "Everton" va "Derbi Kaunti" klublarida ham harakat qilgan.

41 yoshli markaziy himoyachining so'nggi klubi "Stok Siti" bo'lib, u erdan yozda ketgandi. Futbolchi Angliya terma jamoasi safida 40 ta o'yinda maydonga tushgan.

Yagelka "Sheffild"da 3 marta va "Everton"da 2 marta mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Sky Sports

Izohlar

Beckham
30 nov 2023
Evertonda yaxshi oʻynardi. Jagielka