APL. Jezusning benefisiga aylangan o'yinda "Arsenal" ishonchli g'alabaga erishdi

Omonjon To`xtamirzayev
13 aug 2022
APL 2-turi doirasida "Arsenal" o'z maydonida "Lester"ni qabul qildi.


"Arsenal" – "Lester" 4:2
13 avgust, "Emireyts" stadioni
Gollar
: 1:0 – 23 Gabriel Jezus, 2:0 – 35 Gabriel Jezus, 2:1 – 53, avtogol Saliba, 3:1 – 55 Djaka, 3:2 – 74 Meddison, 4:2 – 75 Martinelli.

"Arsenal" – Remsdeyl, Uayt (Tomiyasu, 75), Gabriel, Saliba, Zinchenko (Tirni, 77), Djaka, Parti, Edegor, Saka (Smit-Rou, 84), Gabriel Jezus (Nketia, 84), Martinelli.

"Lester" – Uord, Kastan, Evans, Amarti (Daka, 63), Fofana, Djastin, Ndidi, Tilemans (Prat, 63), Meddison, Dyuzberi-Xoll, Vardi (Ixeanacho, 70).

Ogohlantirishlar: Fofana (16), Tomiyasu (90).




Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH



Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi va Jezusning benefisiga aylangan o'yinda "Arsenal" ishonchli g'alabaga erishdi.

90+5-daqiqa. Tirni raqib bilan to'qnashib maydonda yotibdi. Shifokorlar yordami zarur.

Maydondagi barcha futbolchilar natijani o'zgartirib bo'lmasligini tushunib turishibdi.  

90-daqiqa. Hakam uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berdi.

90-daqiqa. Ogohlantirish! Tomiyasu katta tezlikda ketayotgan raqibini o'tkazib yubordi va qoidani buzishga majbur bo'ldi.  

88-daqiqa. Himoyachi Gabrielni qo'pollik bilan to'xtatib qolishdi.  

84-daqiqa. O'zgarish! Saka va Jezus o'rniga Nketia va Smit-Rou o'yinga qo'shildi. 

83-daqiqa. Jakaga nisbatan fol ishlatildi deb hisobladi hakam. 

81-daqiqa. Zarba, ketma-ket rikoshetlardan keyin to'p yana Jezusni topgandi, ammo hujumchi bu safar bo'sh darvozani aniq nishonga ola bilmadi.  

77-daqiqa. O'zgarish! Zinchenko o'rniga Kiran Tirni o'yinga qo'shildi. 

75-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Javob o'zini uzoq kuttirmadi. Gabi Jezus albatta hujumda ishtirok etdi, aynan uning pasidan keyin Gabi Martinelli nomini tabloga yozdirib qo'ydi. 

74-daqiqa. GOOOOOOOOL! Jeeeeeyms Maddison farqni qisqartirdi!

67-daqiqa. Gabriel Jezus kutilmaganda bir nechta raqiblarini osonlik bilan aldab, darvozabongacha etib bordi, lekin zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi. 

63-daqiqa. O'zgarish! Amarti Daniel va Yuri Tilemans o'rniga Dennis Prat hamda Patson Daka o'yinga qo'shilmoqda. 

Standart vaziyatdan samara chiqmadi.

59-daqiqa. "Lester" taslim bo'lishni istamayapti. Hozir jamoa burchak zarbasi ishladi.

55-daqiqa. GOOOOOL! "Arsenal"dan darhol javob. Havodan kelayotgan to'pga o'ynashda darvozabon qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, Jezus bilib-bilmay to'pni yonida turgan Jakaga to'g'rilab berdi va yarim himoyachi hisobiga endi gol ham yozdirib qo'ydi.

53-daqiqa. AvtoGOOOOOOOL! Hozirgina maqtab turganimiz, Saliba darvozabon va darvoza qaerdaligini his qilmadi shekilli, tushunarsiz harakati bilan to'pni o'z jamoasi darvozasiga yo'llab qo'ydi. 

52-daqiqa. Saliba himoyada ishonchli o'ynab, to'pni uzoqlashtirdi.

50-daqiqa. Zinchenko to'pni raqib oyoqlari orasidan o'tkazib, sherigiga uzatgandi butun stadion jumbushga tegdi.

48-daqiqa. Granit Jaka burchak zarbasi ishladi. 

47-daqiqa. Mehmonlar chap qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rishdi, ammo uzatma mo'ljalga etib bormadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Uzatmadan keyin to'p qaytarilgach, hakamning hushtagi yangradi va Darren Ingland jamoalarni tanaffusga taklif qildi.  

45+4-daqiqa. Saliba qanotda Jastinga nisbatan qoidani buzdi. 

45+2-daqiqa. Mezbonlar bo'limni ustalik bilan yakunlab qo'ymoqda, "Lester" esa qarshilik qila olmayapti. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

Vardi kulib qabul qildi bu qarorni.

44-daqiqa. Takroriy lavhani ko'rib, hakam qarorini o'zgartirdi - penalti emas.

Shoshmaslikka chaqirishmoqda. "VAR" ishga tushdi.

42-daqiqa. PENALTI! O'ng qanotdan uzatilgan to'pga intilayotgan Vardi yo'l-yo'lakay Aaron Remsdeylga urilib, yiqilib tushdi. Hakam nuqtaga ishora qildi. 

41-daqiqa. Jezus yana imkoniyatga ega bo'ldi, bu safar Uord jamoasini qutqardi. 

40-daqiqa. Birinchi bo'lim deyarli yakunlandi va hozircha "Lester" aytarli hech nima qila olmayapti. 

38-daqiqa. Arteta shogirdlari to'xtash niyatida emas. "To'potarlar" bosim uyushtirish va hujum qilishda davom etmoqda. 

35-daqiqa. GOOOOOOL! DUBL! Burchakdan uzatilgan to'pni uzoq burchakda kutib turgan Jezus imkoniyatidan unumli foydalandi. O'ziga xos "assist" muallifi Jeymi Vardi.

35-daqiqa. "Arsenal"ning navbatdagi hujumi burchak zarbasi bilan yakunlandi.

33-daqiqa. "Lester" pozicion hujumda.

30-daqiqa. Jezus havodagi kurashda Jonni Evans bilan to'qnashdi va maydonda yotibdi. 

28-daqiqa. "Arsenal" hujum chizig'i vakillari pressing evaziga to'pni poytaxtliklarga qaytarib berishdi.

27-daqiqa. Uesli Fofana o'yindan tashqari holatda edi. 

O'yin davom etadi. 

24-daqiqa. Suv ichish uchun "pauza".

23-daqiqa. GOOOOOOOL! Gabriel Jezusdan ajoyib zarba va chiroyli gol! Faolligi bilan ajralib turgan Granit Jakadan assist.

19-daqiqa. "Arsenal"ning uzoq davom etgan hujumini Granit Jaka bosh bilan zarba berib yakunlamoqchi edi, Uord jamoasini qutqarib qoldi. Qaytgan to'p Zinchenkoga kelib tushdi, lekin ukrainalikning zarbasi qovushmadi.

16-daqiqa. Ogohlantirish! Uesli Fofana aldanganidan so'ng, Martinellini quchoqlab ola qoldi. 

Martin Edegor to'p uchun kurashda qoidani buzdi.

14-daqiqa. "Arsenal" to'p bilan ko'proq muomalada bo'lmoqda, "Lester" esa qarshi hujum uchun payt poylayotgandek tasavvur uyg'otmoqda. 

12-daqiqa. Jastin ("Lester") o'yindan tashqari holatda to'pni qabul qildi deb topildi.

Uzatmadan keyin xavfli vaziyat yuzaga keldi, lekin to'p darvoza to'riga borib tushmadi. 

9-daqiqa. Gabi Jesusni burchakda yiqitishdi, fol.

8-daqiqa. Mezbonlar to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi.

5-daqiqa. "Arsenal"ning javob hujumi yana to'p uzatishdagi noaniqlik sabab oxiriga etmadi.

4-daqiqa. O'ng qanotda to'pni olib qo'ygan "Lester" futbolchilari osonlik bilan jarima maydonigacha kirib borishdi va zarba ham berildi, ammo Aaron o'z o'rnida.

3-daqiqa. Vardiga yo'llangan uzatma keragidan kuchli bo'lib ketdi va Remsdeyl chiqib kelib, uni egallab oldi. 

"Arsenal" darhol hujumga tashlandi, ammo Edegor uzatgan to'pga Jaka eta olmadi.

1-daqiqa. O'yin boshlandi!


Har ikki jamoa ustozlari asosiy tarkib borasida qaror qabul qilib ulgurishdi. 

"Arsenal": Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko, Jaka, Parti, Edegor, Saka, Gabriel Jezus, Martinelli.

"Lester": Uord, Kastan, Evans, Amarti, Fofana, Jastin, Ndidi, Tilemans, Meddison, Dyuzberi-Xoll, Vardi.



Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Футбол.
13 aug 2022
Арсенал Артетани охиригача қўллаб-қувватлаб тўғри иш қилди чунки гоҳида жамоага мослашиш учун узоқроқ вақт керак бўлади ундан ташқари раҳбариятни ишончи ҳам муҳим. Иккинчидан ва ниҳоят ушбу мавсумда ақлли трансфер сиёсати олиб борди.
Salom_Madrid
13 aug 2022
Exx shunday o‘yin. Afsus. Ko‘ra olmayabmiz.
Bek bombardir
13 aug 2022
Arsenal 2 taymda 2 uramiz degandim 2 ta urding lekin 2 ta o'tkazvor demagandim
Dima_milan2310
13 aug 2022
Bizada futbol orqada. Boshqa zor uyinlarni tomosha qilish xam ancha orqada. Respekt telekompaniyalarga
ArsaBarsa
13 aug 2022
Hozirda tan olish kerak eng foydali va eng zo'r o'yinchilar uchtaligida Jesus bor
TOSHQONDIY
13 aug 2022
I NEAJIDINNIKU ARSENALDAN KETMA KET G'ALABA
Ruyo Pikonit
13 aug 2022
manchester yunaytedda nma gaplar 36min 4-0
229
13 aug 2022
Космик кемалар коинотни забт этаетган бир пайтда, 35 млндан ортик узбек ахолиси учун бор йуги 1 та футбол канали борлиги афсуски жуда ачинарли. Тош асрида яшаяпмиз хали хам.
Shakirov
13 aug 2022
interneti borlar telegramdan muammosiz ko'raveringlar, jonli efirli telegram kanallar juda ko'p.
Shakirov
13 aug 2022
telegramda muammosiz jonli efirlarni ko'rish uchun bitta yaxshiroq kompyuter va internet tezlik yaxshiroq bo'lish kerak yani jpon internet bo'lsa xam bo'ladi ))))
Ko'proq ko'rsatish