APL klubi hakamni tanqid qilgani uchun jarimaga tortildi

Mirjalol Normatov
11 oct 2024
"Nottingem Forest" klubi ijtimoiy tarmoqlarda hakamlikni tanqid qilgani uchun 750 ming funt jarimaga tortildi.

APLning o'tgan mavsumi 34-turi doirasida "Nottingem Forest" "Everton"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchrashuvda Entoni Teylor bosh hakam, Styuart Ettuell esa VAR hakami sifatida ishladi.

Uchrashuv yakunlanganidan keyin klub ijtimoiy tarmoqlarida belgilangan uch penalti noto'g'ri berilgani va hakamlar "Luton"ga muxlislik qilishgani yozildi.

Angliya futbol associaciyasi ushbu holatni o'rganib chiqdi va "Nottingem"ning ushbu harakati noto'g'ri deb baholandi va 750 ming funt jarimaga tortildi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: thefa.com

Izohlar