APLda oyning eng yaxshi futbolchisi malum qilindi

Mirjalol Normatov
15 mar 2025
"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh APLda oyning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Misrlik futbolchi fevral oyi yakunlariga ko'ra eng yaxshi futbolchilar tanlangan  so'rovnomada muxlislar va ekspertlar tomonidan eng ko'p ovoz yig'di.

Shu orqali u APLda ettinchi marta bunday etirofga loyiq ko'rildi va bu borada Xarri Keyn va Serxio Agueroga etib oldi.

Saloh APLda o'tgan oyda 6 o'yinda qatnashib, 6 gol va 4 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Qopqoq: premierleague.com

Izohlar

Sanjik barsa
15 mar
Bitta xabarni 10 marta yoz endi