APLning TOP jamoalari franciyalik hujumchisiga 80 million to'lashga tayyor

Khoja
29 mar 2025
Manchester Yunayted, Arsenal va Liverpul yozda hujum chizig'ini kuchaytirish bo'yicha ishlarni boshlab yuborishgan.

 yuborishgan. Jamoalarga Ayntraxtning hujumchisi Ugo Ekitike kerak. Nemis jamoasi 22 yoshli hujumchini 80 million evroga sotishga tayyor va bu summani har uch jamoa to'lashga tayyor.

Malumot uchun, Ayntraxt hujumchini 2024 yilning yozida PSJdan 16 million evroga sotib olgandi. Futbolchi joriy mavsum 38 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 19 ta gol va 8 ta golli uzatma bor.


KhojaMaqola muallifi
Qopqoq: championat.com

Izohlar

Burhonbek Abdumo'minov
29 mar
Ayntraxt ham xujumchilardan yaxshi foyda koʻrvotti, Yovich, Kolo Muani, Omar Marmush- endi esa Ekitike