APLning ushbu mavsumdagi eng yaxshi yosh o'yinchisi aniqlandi

I.J.I
18 may 2024
Angliyada mavsumning eng yaxshi yosh o'yinchisi aniqlandi.

Angliya premer ligasining ushbu mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi deb "Chelsi" futbolchisi Koul Palmer topildi. Palmer maxsus so'rovnomada barchadan ko'proq ovoz to'plab, g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Ushbu sovrin uchun Filip Foden, Erling Xoland (Manchester Siti), Aleksander Isak (Nyukasl), Kobbi Maynu (Manchester Yunayted), Bukayo Saka, Vilyam Saliba (Arsenal) va Destini Udodji (Tottenxem) nomzodlari ham kurash olib borishgandi.

Malumot uchun, Palmer ushbu mavsum APLdagi 33 o'yinda 22 ta gol urib, "Chelsi" to'purari bo'lib turibdi.


I.J.IMaqola muallifi
Muqova: www.premierleague.com

Izohlar

Azizxon 1989
18 may 2024
Kobbi maynuga nima bor bu ruyxatda 10 ta uyinda uynadimi yuqmi uzi..Saliba ham haqli edi