Argentinalik jahon chempionining xotini futbolchining medal va libosini sotib yubordi

Оқил Абдубарноев
29 feb 2024
Ayol bu orqali xonadon ijarasi pulini to'lamoqchi.

Argentina bilan 2022 yilgi jahon chempionati g'olib chiqqan Esekiel Palasiosning ajrashish arafasida turgan rafiqasi Yesika Frias futbolchining mundialda kiygan futbolkasi, hatto medalini ham sotuvga qo'ygan.

Palasios endilikda xotinini moddiy mablag' bilan taminlamaydi. Shu bois, Frias xonadon ijarasi pulini to'lash uchun qimmatbaho esdalik buyumlarini sotuvga qo'ygan va ularga xaridor ham topildi. Palasiosga tegishli libosni sotib olgan kishining surati ijtimoiy tarmoqda tarqaldi.

Palasios va Frias 2018 yil tanishgan, 2021 yil turmush qurishgan, 2024 yil esa ajralish arafasida turibdi.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: Marca

Izohlar

Muhammadtohir Rafiqov
29 feb 2024
Nohaq olingan medallar teshib chiqa boshladi shekilli
????Ж.А.А.
29 feb 2024
Даврани тўри халиям кўти ачишиб юрганлар учун. Мархамат.
Odilbek77
29 feb 2024
Bularda aliment yo'qmikan yoki o'g'li katta bo'lib qolgan..
Muhammadxon Mamatov
1 mar 2024
болани медалини сотвориш яхши эмас ахир Жахон чемпионику эхх аёллар
Arsenal london drujba
1 mar 2024
Yevreylar argentina xomiysi