"Arsenal" Fergyusonni sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
26 feb 2024
Londonning "Arsenal" klubi Angliya Premer-ligasining boshqa bir jamoasi hujumchisiga ko'z tikdi.

"Football Insider" xabariga ko'ra, "kanonirlar" yozda "Brayton" hujumchisi Evan Fergyusonni xarid qilish variantini ko'rib chiqmoqda. 



"Arsenal" yozda o'zining hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi va 19 yoshli irlandiyalik nomzodlardan biri. Fergyuson o'tgan yozda top-klublar qiziqishiga sabab bo'lgan, ammo futbolchi "Brayton"da kamida yana bir mavsum qolishga qaror qilgandi. 

Fergyuson Angliya Premer-ligasining ushbu mavsumida 24 ta o'yinda 6 ta gol urdi. Avvalroq futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Bavariya" klublari qiziqayotgan edi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Football Insider

Izohlar