"Arsenal" ikki yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga yaqin

Mirjalol Normatov
12 mar 2025
"Arsenal" ikki yarim himoyachini kuzatmoqda.

Ular - Bruno Gimaraes va Martin Subimendi. "Arsenal"ning yangi sport direktori Andrea Berta "Nyukasl" futbolchisi Gimaraesning transferidagi ishlarni boshlab yuborgan. Agarda "Nyukasl" ECHLga chiqa olmasa, futbolchisini 60 mln evroga sotib yuborishga tayyor.

Shuningdek, Martin Subimendi borasida klub "Real Sosedad" bilan doimiy muloqotda bo'lib turibdi. "Arsenal" shu orqali Subimendining tovon puli - 60 mln evro narxni tushirish niyatida. Agarda "Sosedad" shunga rozi bo'lsa, tomonlar muzokaralarni boshlaydi.

Gimaraes ushbu mavsumda APLning 28 o'yinida qatnashib, 3 gol va 6 assist, Subimendi esa LaLiganing 26 o'yinida 1tadan gol va assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Qopqoq: Goal

Izohlar

to'g'riso'z
13 mar
Агар иккаласини кулга киритса марказий ярим химоя удар буларди. Кейин битта Яхши тупурур хужумчи керак Арсеналга