​"Arsenal" uchun noxush xabar

Sherzod Nurmatov
21 mar 2025
Italiya terma jamoasi UEFA Millatlar Ligasi chorak final bosqichini muvaffaqiyatsiz boshladi va Germaniyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Biroq o'yin natijasi xavotirlanishga yagona sabab emas, sababi "skuadra adzurra" bahs oxiriga kelib asosiy futbolchisini yo'qotdi.

Londonning "Arsenal" klubi chap qanot himoyachisi Rikkardo Kalafori tizzasidan jarohat olib, maydonni tark etdi. Epizodlardan birida u sirpanib ketib, tayanch oyog'iga noqulay tarzda tushdi.

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti o'yindan so'ng vaziyat noaniqligicha qolayotganini takidlab o'tdi.

"Biz haligacha bu qanchalik jiddiy ekanini bilmaymiz. Riki tizzasida g'alati narsani his qilmoqda, ammo muammoning aniq mohiyati hali aniqlanmagan", – dedi murabbiy.

Germaniyaga qarshi javob uchrashuvi 23 mart kuni bo'lib o'tadi va unda Kalaforining ishtirok etishi so'roq ostida. Bundan tashqari, jarohat uni mavsumning eng kutilgan o'yinlaridan biri – 8 aprel kuni "Arsenal"ning "Real"ga qarshi CHL chorak finalida maydonga tushishini so'roq ostida qoldirishi mumkin.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: London Evening Standard

Izohlar

Berkamp
21 mar
Jarohati jiddiy boʻlmasinda Realga qarshi oʻyinlardan oldin jiddiy yoʻqotish boʻlishi mumkin Arsenal uchun . Oʻzi shundogam hujumi bir ahvolda