"Arsenal"dagilar havotirda

Aslanov Jasurbek
24 dec 2024
Bukayo Saka bahorgacha safdan chiqqan bo'lishi mumkin.

Malumotlarga ko'ra, "Kristal Pelas"ga qarshi bahsda (5:1) jarohat olgan vinger yaqin vaqt ichida shifokor ko'rigidan o'tadi va shundan so'ng shikastlanish darajasi malum bo'ladi.

Ammo "Arsenal"dagilar jamoa etakchisi fevral oxiri yoki mart boshigacha safdan chiqqan bo'lishi mumkin deb o'ylashmoqda.

"To'pchilar" Sakaning tiklanishiga ehtiyotkor munosabatda, chunki bu uning joriy mavsumdagi uchinchi jarohati.

Raxim Sterling sog'ligida ham muammolar aniqlandi. U tizzasida og'riq borligidan shikoyat qildi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: Daily Mail

Izohlar

Maxsudbek "Arsenal"
24 dec 2024
Tezroq sog'ayib safga qaytsa yaxshi bo'lardi qishda markaziy hujumchi olmasa bo'lmaydi Arsenal