Arteta Saka va Saliba yangi shartnoma tuzishiga ishonadi

Sherzod Nurmatov
11 feb 2023
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Artetaning jamoa futbolchilari Saka va Saliba yangi bitim tuzishiga ishonchi komil.

Jamoa ustozi tarkibdagi eng asosiy o'yinchilardan hisoblanadigan Bukayo Saka va Uilyam Saliba Gabriel Martinelliga qo'shilib klubda yana uzoq muddat qolishlarini kafolatlab qo'yishlariga ishonadi.

O'tgan hafta shimoliy Londonda to'rtinchi mavsumini o'tkazayotgan Martinelli "to'pchilar" bilan amaldagi bitimini yana uzoq yillar davom etishiga imzo chekdi. Hujumchi klub chempionlik sari odimlayotgan ushbu mavsum o'z hisobiga 7 ta gol yozdirib qo'ydi.

Saka va Saliba shartnomasining so'nggi yiliga kiradi va "Arsenal" yoz kelmasidan avval ular bilan yangi kelishuvga erishmoqchi.

Arteta bu ikki futbolchidan xotirjam ekanini bildirdi:

"Ha, ular yangi bitimni imzolashadi. Biz Gabi Martinelli bilan qanday kelishgan bo'lsak, qolganlar bilan ham kelishamiz. Bazida bunday ishlar vaqt talab qiladi, biz Gabi haqidagi xabardan xursand bo'ldik", – dedi Arteta.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: ESPN

Izohlar

VIKTORIA GUNNERS NORD LONDON
11 feb 2023
Mana bularni haqiyqiy talant desa bùladi. Uchchovi ham Mudrikni yarim narhiga tushmagan. Lekin har birini 100 dan sotmaydi hozirgi kunda. Demak bular kimsan ARSENALni kelajagi. Chempionlik ham shularning qùlida. OFARIN SHOVVOZLAR.