"Ayaks"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Sherzod Nurmatov
14 jun 2023
Jamoa yangi murabbiyga ega bo'ldi.

"Ayaks" rasmiy sayti orqali jamoaga Moris Steyn bosh murabbiy etib tayinlanganini elon qildi. Tomonlar 2026 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolashdi. Mutaxassis "Ayaks"da fevral oyidan beri jamoani boshqarib kelgan Jon Xeytingani almashtirdi.

Steyn 2022 yilning aprelidan beri Rotterdamning "Sparta" klubida faoliyat yuritib kelayotgandi. Uning qo'l ostida jamoa 2022/2023 yilgi mavsum Niderlandiya chempionatida 6-o'rinni egallab, Konferenciya Ligasi yo'llanmasi uchun pley-off finalida "Tvente"ga imkoniyatni boy berdi. Bungacha 49 yoshli mutaxassis "Breda", "Venlo" va "Den Xaag" klublarini boshqargan.

"Ayaks" o'tgan mavsumni milliy chempionatda 3-o'rinda yakunladi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: english.ajax.nl

Izohlar

Билолдин
14 jun 2023
Нагельсманга охшаб кетаркан????
Билолдин
14 jun 2023
Нагельсманга охшаб кетаркан????
Shox Muhammad
14 jun 2023
Ва ниҳоят сочи бор мураббий