"Barsa"dan haydalishi aytilayotgan Xavining hech narsadan xabari yo'qligi malum bo'ldi

I.J.I
17 may 2024
Murabbiy vaziyat yuzasidan Joan Laporta bilan uchrashadi.

"Barselona" klubi bosh murabbiyi Xavi, uni jamoadan ketkazishayotganidan xabari yo'q. Avvalroq, juda ko'p manbalar "Barselona" mavsum yakunlangach Xavini istefoga chiqarishi haqida yozgandi. 

Xavi bugun o'z murabbiylar shtabidagi ishchilar bilan uchrashgan va hech narsadan xabari yo'qligini malum qilgan. Murabbiy hamkasblariga hech narsani tushunmayotgani, Laporta bilan oxirgi muloqot bu "Almeriya"ga qarshi o'yindan keyingi tabrik bo'lganini aytgan. 

As nashrining yozishicha, Xavining atrofidagilarning aytishicha, murabbiy barchasiga bosiqlik bilan munosabat bildirgan, shu bilan birga, uning ketishi allaqachon hal qilib qo'yilganidan taajjubga tushgan.

Xavi tez orada klub prezidenti bilan uchrashadi va o'z kelajagi borasidagi savollarga javob oladi.


I.J.IMaqola muallifi
Muqova: As

Izohlar

Rasul Matkarimov
17 may 2024
Menimcha xar qanaqasiga OAVnin navbatdagi mishmishlari qolishiyam ketishiyam agar ketsa qolishi gaplashilmagan boladi qolsa manabu mish mish bolib chiqadi
Inspektor Juber
17 may 2024
Yaqinda Rasman qoladigan bogandiku.Nmaga srazi ketqiziwvoti manimcha bu miw miwla bosa kere.Bekordan bekorga uni keyingi mavsumga ob qoymagan LaPorta yo bowqa kuchli mutahasis chiqib qolib u bn wartnoma tuzilgan boliwiyam mumkin.Tuxel db oylavoman Agar ketsa Xavini orniga
Shuxrat Nabiyev
17 may 2024
Чёт Эл журналистикаси шундай ишлайдики дарров ОАВга чикади бизларни айникса футбол журналистлари янгиликлари хамма билиб булгандан Сунг хабар килишади мана 2.кундан Бир жим супер лига тугрисида Бирон хабар йук ХАЙРУЛЛА ДАВРОН ЭЛДОР МУРОДларни Ичи кизиб ётгандир
Jasur Bek
17 may 2024
Barcelona uchun xozir eng ideal tanlov xavini qolishi