"Barselona" futbolchisi sobiq jamoasiga qaytishga tayyor

Sherzod Nurmatov
8 apr 2024
Kataloniyaliklar futbolchiga ishonch bildirishmayapti.

"Barselona" yarim himoyachisi Oriol Romeu "ko'k-anorranglilar"ni tark etishga tayyor, deya xabar berdi "Todofichajes". Shu bilan birga, futbolchi faqat oldingi jamoasi – "Jirona"ga o'tishga rozi bo'ladi.



"Jirona" vakillari avvalroq Romeuni jamoaga qaytarish istagini bildirgandi. O'z navbatida, "Barselona" futbolchiga ishonch bildirmoqchi emas. Tomonlar katta ehtimol bilan yozda ajralishadi.

32 yoshli xavbek joriy mavsum barcha turnirlarda 32 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Todofichajes

Izohlar

REAL MADRID
8 apr 2024
Kataloniya klubini tark etib, yana Kataloniya klubiga o'tarkan-da! xD
МЮ
8 apr 2024
32 ёшли хавбек жорий мавсум барча турнирларда 32 та ўйин ўтказиб, 1 та голли узатмани амалга оширди. Бундан бошқа яна қанақа ишонч имконият керак