"Barselona" Messi bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi

Nadirkhuja Yuldashev
2 jan 2014
Va nihoyat Argentinalik yulduz Leo Messi yangi shartnomasi borasida "Barselona" bilan kelishib oldi.
"Football Espana"ni malum qilishicha Messi endi Kataloniya klubidan yiliga 21 million evro miqdorida maosh oladi. Shartnomani amal qilish muddati aniq ko'rsatilmagan.

Aslida Messini klub bilan yangi bitimga imzo chekkaniga ko'p bo'lmagan edi. Unga ko'ra hujumchi 2018 yilgacha "Barselona" sharafini himoya qilishi lozim bo'lgan. Ammo Neymarga belgilangan maosh to'rt karra oltin to'p sohibini klub rahbariyatiga murojati qilishga majbur etdi.

Nadirkhuja YuldashevMaqola muallifi
Muqova: football.kulichki.com

Izohlar