"Barselona" Olmo ishini hal qilish uchun La Ligaga VIP joylar hujjatini yubordi

Aslanov Jasurbek
28 dec 2024
"Baselona"dagilar Dani Olmoni ro'yxatdan o'tkazishga ishonishmoqda.

Eslatib o'tamiz, sud Kataloniya klubiga mavsumning ikkinchi qismida yarim himoyachini ro'yxatdan o'tkazishni taqiqlagan edi. "Barsa" bu borada yangi ariza bilan sudga murojaat qiladi. Ro'yxatdan o'tkazishning so'nggi muddati - 31 dekabr.

"Barselona" "Kamp Nou"dagi VIP joylarni Qatar kompaniyasiga 120 mln. evroga sotib, Olmoni ro'yxatdan o'tkazishga urinayotgani xabar qilingan edi.

Malumotlarga ko'ra, klub LaLigaga ikki kompaniya bilan tuziladigan shartnomalarni ko'rib chiqish uchun La Ligaga hujjatlarni yuborgan. Klubdagilar liga vakillari hujjatlarni o'rganib, kelishuvlarga ruxsat berilishini kutishmoqda.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: Relevo

Izohlar

Икромжон
28 dec 2024
Тезрок шуни хал килилар
G'ulom Murodovich
28 dec 2024
Olmo qolsa kerak. Laparto va Deku ahmoqmasdir 60 mln evroga yarim mavsum olip
Dostonbek Anvаrоv
28 dec 2024
Бизга Ямални ози етади кетса кеторсин
Барселона. Арсенал. Пахтакор.
29 dec 2024
Шу заявка проблемаси битта Барсада булади манимча хар йили. Нима учун?