"Barselona" PSJ yarim himoyachisini sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
29 aug 2024
Franciyaning PSJ klubi yarim himoyachisi ikki top-klub qiziqishiga sabab bo'lmoqda.

Malumotlarga qaraganda, 32 yoshli Danilu Pereyrani "Barselona" va "Atletiko Madrid" klublari o'z safida ko'rishni istamoqda. Danilu 2021 yildan buyon Parij shahri klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yil yozida yakuniga etadi. 

"Transfermarkt" portali tajribali yarim himoyachining 8 million evroga baholamoqda. Franciya chempionati o'tgan mavsumida yarim himoyachi 26 o'yinda maydonga tushdi va 2 bor sariq kartochka oldi. Takidlab o'tish kerak, Danilu aksar bahslarda himoya markazida ham o'ynashiga to'g'ri keldi.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: sports.ru

Izohlar

Umid Uuuu
29 aug 2024
Qatta oynatarkan agar sotvosa zahiraga zahiradan tushadgan qb qoyarkanmi