"Barselona" va Levandovski shartnomani bir yilga uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
12 feb 2025
"Barselona" va Robert Levandovski shartnomani bir yilga uzaytirishadi.

Hujumchining amaldagi kelishuvida agar u mavsumdagi o'yinlarning yarmida ishtirok etsa, shartnomani avtomatik uzaytirish bandi bor edi. Polyak dushanba kuni "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda bu ko'rsatkichga etadi.

Ammo, tomonlar bu vaziyatni kutmasdan, yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi. U bir mavsumga mo'ljallangan va o'zida shartnomani uzaytirish bandini aks ettirmaydi.

Levandovski joriy mavsum "Barselona" safida barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 31ta gol urishga erishdi.


AlisherMaqola muallifi
Muqova: Mundo Deportivo

Izohlar

0701
12 feb
Статистика проста дахшат бу ёшда
Obidjon
12 feb
Zoʻr xabar. Levandovski manaman degan xujumchilarga oʻrnak boʻladigan statistika qayd etyapti.Gap yoʻq olgʻa Barsa