Bellingem Vinisiusning teginishidan so'ng yiqilgan Maffeo so'zlari haqida: "10 soniya boks, shundaymi? Nozik ahmoq"

Aslanov Jasurbek
11 jan 2025
Jud Bellngem Pablo Maffeoga Vinisius Juinor haqida aytgan gaplarini eslatib qo'ydi.

"Real"ga qarshi Ispaniya Superkubogi yarim final uchrashuvidan oldin "Malorka" himoyachisi quyidagi so'zlarni aytgan edi: "Vinisiusni 10 soniya ichida nokaut qilgan bo'lardim. Bu tarixdagi eng ko'p tomosha qilingan to'qnashuvga aylanardi".

Uchrashuv madridliklarning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi. O'yin paytida Maffeo va raqiblari o'rtasida bir nechta kelishmovchiliklar sodir bo'ldi. Ulardan biri 13 daqiqada ro'y berdi - Vinisius Maffeoning ko'ksiga tegib ketdi, shundan so'ng "Malorka" futbolchisi o'zini og'riq his qilayotgandek tutdi.

Shundan so'ng Jud Bellingem "Malorka" himoyachisi Antonio Railo bilan bahslashdi, keyin Maffeoning oldiga yaqinlashdi: "10 soniya, shunaqami? 10 soniya boksmidi? Jin urgur nozik ahmoq" - dedi yarim himoyachi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: Marca

Izohlar

Sardorbek..
11 jan
Tayson urgande yotdida o'ziyam
Adham_realmadrid
11 jan
Real Madrid va Barselona boshqalardan shu qadar ilgarilab ketganki ularga nisbatan boshqa klub uyinchilari provakasiyani yuqori bosqichini namoyish qilishadi aslida bu uyat, sharmandalik manimcha!
{ CHELSEA }
12 jan
Boplabdi...
Ima Familiya
11 jan
barselona7 - kotakan, onasi foxsha ekan, oʻzi tan oldi.
WalveRine-_-6
11 jan
Vinini asablarini ishdan chiqarishga maksimal harakat qildi lekin bola. Vini qizildan keyin ozgina, kop emas, ozini bosib olibdi.