Benzema "Oltin to'p" haqida: "Rodri sizni "vau" deyishga majbur qiladigan hech narsa qilmaydi"

Tolibjon Qosimov
30 oct 2024
"Real" sobiq yulduzi Karim Benzema Rodrini "Oltin to'p"ga loyiq deb hisoblamaydi.

"France Football" talqiniga ko'ra, "Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi xavbeki Rodri 2024 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Real" va Braziliya terma jamoasi vingeri Vinicius Junior esa ikkinchi o'rinni egalladi.

"Men Vinicius bilan gaplashdim, u xafa. Va bu normal holat. U "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishga haqli edi.

Meni Rodriga nisbatan xusumatim yo'q, u yaxshi o'yinchi... Lekin men divanda o'tirib televizor ko'raman va Rodri sizni "vau" deyishga majbur qiladigan hech narsa qilmaydi. Vini esa buni bir necha marta qilgan.

O'ylaymanki, bu juda murakkab lahza, butun dunyo "Oltin to'p"ni sen olishingni kutadi va oxir-oqibatda bunday emasligi malum bo'ladi. Vinicius - yaxshi yigit. U harakat qilishda davom etadi va bir kun kelib o'zining "Oltin to'p"ini qo'lga kiritadi", - dedi Madrid klubining sobiq futbolchisi "El Chiringuito" nashriga bergan intervyusida.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: managingmadrid.com

Izohlar

Burxon
30 oct 2024
Rodrini yonini ovotganla deyarli hamasi holis yozvoman db o'ylidi lekin Barsachi
Baxtiyor Yuldashev
30 oct 2024
Agar oltin toʻpni yevropa chempionati xal qilgan boʻlsa Karvaxalga berish kerak edi u yevropa chempion chempionlar ligasi Laliga chempioni boʻlgan
Tolqinjon Aliyev
30 oct 2024
РОДРИ ОЛТИН ТУПГА ХАКЛИ БУ МУКОФОТНИ БЕРГАНЛАР СИЗДАН ВА БИЗДАН СУРАБ БЕРМАЙДИ .ОЛТИН ТУП ТАЛАБЛАРИГА ТУЛИК ЖАВОБ БЕРСА КЕЙИН БЕРИЛАДИ .РОДРИ ЖУДА КУЧЛИ ФУТБОЛЧИ ХАМ ИНДИВИДУАЛ ,ХАМ ЖАМОВИЙ .У МС ДА АСОСИЙ ТАРКИБДА ДОИМИЙ ТУШАДИ .ЕВРОПА ЧЕМПИОНИ.ВИНИНИ АВВОЛО ХУЛКИ ЯХШИ ЭМАС ,ДОИМО ФУТБЛОЛ МУХЛИСЛАРИ БИЛАН ГАП ТАЛАШАДИ .ТЕРМАДА ИШЛАРИ ЯХШИ ЭМАС .ЧЛ КУБОГИ ЕВРОПА ЧЕМПИОНЛИГИНИ ОЛДИДА КИЙМАТИ НОЛЬ . ШУНИНГ УЧУН ВИНИГА БЕРИЛМАГАН БУЛСА КЕРАК.
WalveRine-_-6
30 oct 2024
Modric oltin topni olganda u loyiq edi deb jar solganlar, negadir Rodriga kelganda bu logikadan voz kechishdi)))
Anvarov Sherzodbek
30 oct 2024
Oltin toʻp bitta oddiy gazetani mukofoti. Hohlasang u gazetani hojatxonada ishlatasan. Oltin toʻp faqat dunyo qarshiligiga beriladi. Modtich ham bunga isbot boʻladi rodri kabi