Bir-ikki, bir-ikki...

Narzulla Saydullayev
1 sep 2024
5 sentyabrdan jahon chempionati saralash o'yinlarining uchinchi bosqichiga start beriladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bu oy ikkita rasmiy bahsda maydonga tushadi. Vakillarimiz dastlab 5 sentbyar kuni uyda KXDR termasini qabul qilsa, 10 sentyabr mehmonda Qirg'iziston bilan o'ynaymiz.


Saralashning shu bosqichi biz uchun juda muhim hisoblanadi. Chunki guruhda 1-2 o'rinlardan birini egallab to'g'ridan-to'g'ri jahon chempionatiga borishimiz mumkin.


Eslatma tarzida ushbu bosqichdagi saralash formatini yana bir bor yodga olib o'tamiz. Demak, uchinchi bosqichda 18ta terma jamoa kurash olib boradi. Jamoalar 6tadan 3 guruhga bo'lingan. 



A guruhi: Eron, Qatar, O'zbekiston, BAA, Qirg'iziston, KXDR.

B guruhi: Janubiy Koreya, Iroq, Iordaniya, Ummon, Falastin, Quvayt. 

C guruhi: Yaponiya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Xitoy, Indoneziya.


Har bir guruhdan 1-2 o'rin egalari jahon chempionatiga yo'l oladi. Shunday ekan, biz uchun saralashni kamida ikkinchi o'rinda tugatish juda muhim. Raqiblarimiz anoyi emas. Eron bilan allaqachon yaqindan tanishib ulgurganmiz. Negaki oxirgi paytlarda saralashda doim shu jamoa bilan bir guruhga tushyapmiz. Qatar oxirgi ikkita Osiyo chempionati g'olibi. BAA termasi hozir qanday ahvolda bilmadig-u, lekin bu mamlakatning kuchli klublaridan biri "Al Ayn" 2024 yilgi Osiyo chempionlar ligasida zafar quchdi. Jamoa tarkibida milliy termaga nomzod futbolchilar o'ynaydi. Yon qo'shnimiz Qirg'iziston bilan KXDR esa tarkib va mahorat bobida bizdan ustun emas, biroq ular ham oxirigacha kurashishi aniq.


Uchinchi bosqichga qura tashlanganidan beri format o'ta qulayligi ko'pchilikning xayolidan ketmayapti. To'g'risi, o'zimiz ham doim shuni o'ylab yuribmiz: bir-ikki, bir-ikki. Yani, guruhda 10ta o'yin o'tkazib, yakunda birinchi yo ikkinchi o'rinni qo'lga kiritsak bo'ldi, marra bizniki. Ammo bu oson bo'lmasligini ham bilamiz. Chunki biz kabi boshqalar ham shuni o'ylaydi.


Bu bosqichda jamoalar uchta guruhda kurash olib borishi hamda 1-2 o'rinlar jahon chempionatiga chiqishini hisobga olsak, 3-4 o'rindagilar saralashning keyingi bosqichiga yo'l oladi. Va aytishimiz mumkinki, keyingi ikkita bosqich bundan-da qiyin bo'ladi. Chunki keyingi bosqichda 6ta jamoa 3tadan ikki guruhga bo'linadi. Faqat birinchi o'rinlar mundial yo'llanmasiga ega bo'ladi. Ikkita ikkinchi o'rin egalari esa 5-bosqichga yo'l olishadi. Beshinchi bosqichda ikkita ikkinchi o'rin egasi bir-biri bilan o'ynab, g'olib jamoa qitalararo pley-offga boradi. Qitalararo pley-offda Afrika, Janubiy Amerika, Shimoliy Amerika va Okeaniya jamoalari bilan o'tish o'yini bo'ladi. Ko'ryapsizmi, agar shu bosqichdan o'ta olmasak, keyingilari juda qiyin bo'ladi.



Boshqalar kim bilan o'ynaydi?


Demak, 5 sentyabr kuni "Bunyodkor" stadionida KXDR termasini qabul qilamiz. Mana shu o'yin va undan keyin Qirg'iziston bilan kechadigan bahsda g'alaba qozonib, 6 ochkoni qo'lga kiritish biz uchun juda muhim. Oldimizdagi ikkita o'yinda 6 ochkoli bo'lishdan boshqa yo'l yo'q. Chunki keyingi bahslarda yanada kuchliroq raqiblar bilan o'ynaymiz.


Guruhdagi raqibimiz Eron ilk turni o'z maydonida Qirg'izistonga qarshi o'tkazadi. Qatar esa BAA termasini mehmon qiladi. 10 sentyabr kuni KXDR "uyda" Qatarni qabul qilsa, Eron mehmonda BAA bilan o'ynaydi. Darvoqe, KXDR Qatarga qarshi uy uchrashuvini betaraf maydon - Laosdagi Milliy stadionda o'tkazadi. Shimoliy koreyaliklar avvalgi bosqich uy uchrashuvlarini shu stadionda o'tkazishgandi.


Malumot o'rnida har uchala guruhdagi 1-tur juftliklarini keltirib o'tamiz. 


5 sentyabr. O'zbekiston - KXDR

5 sentyabr. Eron - Qirg'iziston

5 sentyabr. Qatar - BAA

5 sentyabr. Janubiy Koreya - Falastin

5 sentyabr. Iroq - Ummon

5 sentyabr. Iordaniya - Quvayt

5 sentyabr. Yaponiya - Xitoy

5 sentyabr. Avstraliya - Bahrayn

5 sentyabr. Saudiya Arabistoni - Indoneziya


Xayrulla Xoliqov


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

Жамшид Абдусамадов
1 sep 2024
Биламиз буларни админлар лекин ракибларда нима янгилик борлигини билмимиз шундан ёзинглар БАА да махалийлаштириш булади дейилганди нима булди бошкаларда нима гап хадеб спортс.ру даги янгиликларни езурмасдан узбекчага угириб
ОМАДБЕК
1 sep 2024
Шу гурухдан чиқиб ЖЧ йўлланмасини олишимиз шарт шу сафар
Rasul Matkarimov
1 sep 2024
Safsatani nima keragi bor Undan kura Otabek Shukurov xaqida yozinglar...Al Fayha Klubiga otayapdi 400min evro tolagan ekan Al Fayha Kayserisporga
Abdulloh 7737
1 sep 2024
Adminlar Diyor Xolmatov Feynordga o'tibdimi xabarilar yo'qmi
Abdulloh 7737
1 sep 2024
Adminlar Diyor Xolmatov Feynordga o'tibdimi xabarilar yo'qmi