Brunu 5-marta va 2020 yildan beri ilk bor APLda oyning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi

Sherzod Nurmatov
4 apr 2025
Brunu Fernandesh APLda mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Manchester Yunayted" va Portugaliya terma jamoasining 30 yoshli yarim himoyachisi APLning ikkita o'yinida (g'alaba va durang) ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Brunu so'rovnomada Jan-Rikner Bellgard ("Vulverxempton") ,Entoni Elanga, Nikola Milenkovich (ikkisi – "Nottingem Forest"), Deklan Rays ("Arsenal") va Yan Pol van Xekke ("Brayton")ni ortda qoldirdi.

Fernandesh faoliyatida 5-marta APLda oyning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan sovrinni qo'lga kiritdi. U avvalgi to'rtta mukofotni 2020 yilda – fevral, iyun, noyabr va dekabrda olgan.

Brunu Ueyn Runi va Robin van Persining yutug'ini takrorladi – bu tarixdagi uchinchi natija. Faqat Serxio Aguero, Harri Keyn va Muhammad Saloh ko'proq sovrinni qo'lga kiritgan (ularning har birida ettitadan).


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: premierleague.com

Izohlar

fff
4 apr
agar butun jamoa yaxshiroq o`ynaganda samaradorlik yanada yashiroq bo`lardi bekor MYuda eng zo`r davrlari sovrinsiz o`tib ketmoqda hozir kunda esz shunday istedod
FC_BARCELONA_UZ
4 apr
Ba'zi Yunayted muxlislari Brunoni nimagadir yomon ko'radi. Hozirgi tarkibidagi eng yaxshi o'yinchi shu o'zi.