Bu qiziq. "Eng yaxshi futbolchi" bo'lish uchun nomzodlar orasida 16 yildan so'ng yana darvozabon o'rin oldi

Iskandarov Abdulaziz
12 dec 2024
Bir necha soat oldin O'FA matbuot xizmati yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun yakuniy 3 nafar nomzodni elon qildi.

Nomzodlar orasida O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni O'tkir Yusupov ham o'rin oldi. Odatda darvozabonlarning eng yaxshi futbolchi nominaciyasida bo'lishi juda kam kuzatiladigan holat hisoblanadi. So'nggi bor 2008 yil Ignatiy Nesterov bu borada imkoniyatga ega bo'lgan, yakunda sovringa Server Jeparov ega chiqqan. Kiper uchinchi bo'lgan. 

Pavel Bugalo yilning yaxshi futbolchisi bo'lgan yagona darvozabon bo'lib turibdi. Taniqli sobiq posbon 1996-1997 yil "Paxtakor" safida mazkur sovringa loyiq ko'rilgan. Nomzodlar qatoriga kiritilgan ilk posbon Yuriy Sheykin hisoblanadi. 1994 yilgi Osiyo o'yinlari g'olibi shu mavsumda Nesterov singari uchinchi pog'onadan joy olgan. 


1994 yil. Yuriy Sheykin ("Traktor") 3-o'rin

1996 yil. Pavel Bugalo ("Paxtakor") 1-o'rin

1997 yil. Pavel Bugalo ("Paxtakor") 1-o'rin

2008 yil. Ignatiy Nesterov ("Paxtakor") 3-o'rin


Qiziq faktlar:

- Aleksandr Geynrix bu sovrinni yutgan eng yosh futbolchi hisoblanadi. Sasha 2002 yil 18 yoshida eng yaxshi futbolchi sifatida elon qilingan. 

- 1992 yildan beri o'tkazib kelinayotgan sovrinning ilk egasi Valeriy Kechinovdir (1992, "Paxtakor")

- Odil Ahmedov bu borada yaqqol rekordchi. O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi 6 marotaba mamlakatimizda tengsiz deb topilgan. 

- Sovrinni yutgan eng yoshi katta futbolchi Mirjalol Qosimov 34 yosh.

- Eng yaxshi futbolchi sifatida shu kungacha faqat 3 nafar xorijlik futbolchi nomzodlar qatoriga kirgan. Muhsin Muhammadiev (Tojikiston 2000), Gochguli Gochguliev (Turkmaniston 2002), Rivaldo (Braziliya 2009)


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Abdusalom Mirzayev
12 dec 2024
Ўткир Юсупов бу катта хато
Ziyodjon Ashurov
12 dec 2024
Ўткир яхши ишлади лойиқ, Аббос ҳали улгуради
Aliakbar RM
12 dec 2024
Eng yaxshini shu bolaga berish kere eronga qigan seyfi va penalti karea yetarli yana xam o'zga ishonib tursin darvozada
антакия
12 dec 2024
Гейнрихни Энг еш лучший футболист дейишни йигиштирилар, 5 ешга еши урилганини хамма биладику,
Sardor Tashmetov
12 dec 2024
Откир малвдец, Абу била Аббос хали улгурадм