Bugun Eronda chempion nomi aniqlanadi. Masharipov yoki O'runov oltin medal olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
1 jun 2024
Bugun Eron chempionati joriy mavsumining 30-turi o'yinlari bo'lib o'tadi.

Eron chempionati ishtirokchilari safida to'p tepayotgan uchchala futbolchimiz (Jaloliddin Masharipov, Oston O'runov va Doston Tursunov) uchun juda muhim ahamiyatga ega. "Persepolis" sharafini himoya qilayotgan Oston O'runov chempionlikka juda yaqin turibdi. Ular 29ta o'yinda 65 ochko to'plagan, Masharipov va uning jamoasi - "Istiqlol" 64 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

30-turda "Persepolis" 10-o'rindagi "Mes Rafsanjan"ni qabul qiladi. Jaloliddin Masharipov jamoasi 13-o'rinni egallab turgan "Paykon" mehmoni bo'ladi.


Doston Tursunov to'p tepayotgan Huzistonning "Istiqloli"da ham vaziyat qiziq. Bu jamoa 29ta o'yinda 25 ochko to'plashga muvaffaq bo'lgan va 16ta jamoa ichida 15-o'rinni egallab turibdi. Ular so'nggi turda 29 ochko to'plab, 12-o'rinni band qilib turgan "Havadar"ni qabul qiladi.


ERON CHEMPIONATI JADVALI


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Kenny Dalgish
1 jun 2024
You Tube орқали Остонни кўп ўйинларини кўрдим, Персиполис етакчиларидан бирига айланди. Чемпион бўлиб келишини тилайман...
Umid Nortojiyev
1 jun 2024
Кайси бри чемпион болса хам бизга фарки йок иккаласи хам о'збек
{ CHELSEA }
1 jun 2024
Urunovga omad...
Imdorama
1 jun 2024
Oston rosa mexnat qilyapti chempion busin
Xscreen
1 jun 2024
Остон Урунов ва жамоасига Омад!