Bugun o'smirlarimiz Qatarga qarshi bahs olib boradi

Khoja
20 mar 2025
Ayni kunlarda O'zbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda yig'in o'tkazmoqda.

Bugun yig'in doirasida Qatar termasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da Saud bin Abdulrahmon stadionida start oladi.

Eslatib o'tamiz, jamoalar uch kun avval ham o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgandi. O'shanda o'smirlarimiz raqiblarini 3:0 hisobida mag'lub etishgandi.


KhojaMaqola muallifi
Muqova: Uzbekistan FA

Izohlar

Tinchliksevar
20 mar
Bugun ham mag‘lub etinglar bugun faqat g‘alaba kuni bo‘lsin