BUM! FIFA CSKAga transfer taqiqi qo'ydi, Fayzullaevning taqdiri endi nima bo'ladi?

Tolibjon Qosimov
6 dec 2024
FIFA Moskvaning CSKA klubiga transferlarni amalga oshirishni taqiqlab qo'ydi.

Rus klubi 2026 yilning yoziga qadar, yani 3ta transfer oynasida yangi o'yinchi sotib ololmaydi.

Bundan tashqari, Rossiyaning yana ikki klubi "Ximki" va "Kuban"ga ham taqiq qo'yilgan.

CSKAdagi taqiq 14 noyabrdan, "Ximki"niki 15 noyabrdan boshlanadi, "Kuban"dagi taqiq esa 12 iyuldan boshlangan. "Ximki" tarkibida yana bir o'zbekistonlik futbolchi Alisher Odilov to'p tepadi.

CSKA va "Ximki" klublari navbatdagi 3ta transfer oynasida yangi o'yinchilar bilan shartnoma tuza olishmaydi, "Kuban" esa to FIFA ruhsat bermaguncha transferlarni amalga oshira olmaydi.

Afsuski, ushbu taqiq hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaevning yaqin orada Moskvadan Evropaning kuchliroq chempionatlariga ko'chib o'tish ehtimoliga salbiy tasir qilishi mumkin.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: sports.ru

Izohlar

Гафур Г
6 dec 2024
Fifa dan chiqib ketmaganmi rus futboli
Бахром Турсунов
7 dec 2024
Хаммаси яхшиликга
Abdunazar.
7 dec 2024
Shu narsa aniq bo'ldi, o'risparastlar xechqachon tuzalmaydi,
LFC_FIRMINO
6 dec 2024
Sotmasa kerak endi
AC Milan vs Chelse
6 dec 2024
Тез бошланган эртак тез тугади