Bum! Kimmix ham "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin

Sherzod Nurmatov
27 jan 2025
"Bavariya" azosi Joshua Kimmix "Manchester Siti" futbolchisiga aylanish ehtimoli bor.

Manbaga ko'ra, nemis grandi bilan shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydigan 29 yoshli futbolchi ushbu transfer oynasidayoq Myunxenda o'zi bilan birga ishlagan Pep Gvardiola jamoasi futbolchisiga aylanishi mumkin.

"Shaharliklar" Rodrini yo'qotganidan keyin Gvardiolaga ko'proq variant beradigan futbolchini sotib olmoqchi. 

Shuningdek, Kimmix kelajagi borasida hali bir qarorga kelmagani xabar qilingan.

Avvalroq nemis futbolchisiga "Real", "Barselona", "Liverpul" va boshqa jamoalardan qiziqish borligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: kicker.de

Izohlar

Ilhomjon Ortiqov
27 jan
Gʻalati gʻalati ishlar boʻlayapdimi, kecha Joshuanimg ismi Yozua edi, bugun oʻzgaribdimi? Kulguli kulguli maqola chiqarmoqqa salgina balomizee !!!
BANI ADAM UZ.
27 jan
Assalomu alaykum hammaga hayrli kun
Futbol Uchun
27 jan
Киммих Ситига ўтса Родри,Уолкер,Гюндоган ларни ўрнида ҳам ўйнай оладиган универсал ўйинчи ҳисобланади.
Best One
27 jan
Кеммих бу ерсенга Германия эмас Англия Швайнштайгерлар нима булганини биламиз 29-ёшда жамоа алмаштириш таваккал айникса Анлияга кучиб утиш
Erling Xoland
27 jan
Xusanov effekti.