Bundesliga. "Echkilar" "Gerta"ni deyarli ligadan chiqarib yuborishdi

Narzulla Saydullayev
13 may 2023
Kecha Germaniya chempionatida 32-tur bahslari start oldi.

"Keln" o'z maydonida "Gerta"ni qabul qildi va 5:2 hisobida yirik g'alabani tantana qildi. Ushbu mag'lubiyatdan keyin chempionat tugashiga 2ta tur qolganida "Gerta"ning quyi divizioniga tushib ketishi deyarli aniq bo'ldi. 32ta o'yinda "Gerta" 25 ochko to'plab, musobaqa jadvalining so'nggi 18-pog'onasini egallab turibdi. 15-o'rinni egallagan klub keyingi yil Bundesligada o'ynash huquqini kafolatlaydi. Hozirda bu o'rinni 31ta uchrashuvda 30 ochko to'plagan "Shalke 04" egallab turibdi. 16-o'rinni olgan klub esa quyi liga vakili bilan pley-off uchrashuvini o'tkazadi. Ayni paytda "Shtutgart" 16-o'rinda va uning hisobida 31ta uchrashuvdan 28 ochko mavjud.

"Echkilar" esa 32ta o'yindan 41 ochko to'plab musobaqaning 10-pog'onasida borishmoqda.

32-tur

Keln – Gerta 5:2 (3:2, 2:0)
12 may, "ReynEnergiSHtadion"
Gollar:
1:0 – 8 Zelke, 1:1 – 18 Tuzar, 1:2 – 33 Yovetich, 2:2 – 39 Xyubers, 3:2 – 43 Sxiri, 4:2 – 69 Xyubers, 5:2 – 81 Xuseynbashich.
Keln – Shvebe, Shabo, Xyubers, Xektor, Kaync (Xuseynbashich, 70), Sxiri, Lyubichich, Mayna (Lemperle, 84), Martel (Tilmann, 46), Shindler (Kilian, 70), Zelke (Tigges, 24).
Gerta – Kristensen, Kenni, Kempf, Uremovich (Roxel, 12), Plattenxardt (Mittelshtedt, 61), Dardai (Serdar, 61), Tuzar, Lukebakio (Edjuke, 80), Yovetich, Niderlexner (Ngankam, 61), Rixter.
Ogohlantirishlar: Martel (23), Lukebakio (37), Dardai (45), Xyubers (72), Mittelshtedt (73), Roxel (78), Serdar (90), Ngankam (90), Rixter (90).


MUSOBAQA JADVALI




Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

F.K.N.
13 may 2023
Шу Кëльн анча узига кизиктирябдида одамни 27 чи май куни Бавария бн уйинига бораман шекиллида.
ZOKIRJON MAXMUDOV
13 may 2023
"Казёллар" бўладими шунда.